PEDAGOGIKA
2017, 4-son
111
Usul – bu pedagogning shunday ta’sir faoliyatiki, o‘qitishning
qandaydir
ma’lum bir sharoitida ta’limning xususiy vazifalarini (yoki o‘sha vazifalarning biror
qismini) oson hal etish uchun qo‘llaniladi. Masalan, mashqni o‘quvchiga
yonlamasiga – o‘zi yon tomoni bilan turib ko‘rsatishi o‘quvchiga to‘g‘ri turib
ko‘rsatgandan yaxshiroq samara beradi. Tushuncha oson hal bo‘ladi.
Har bir
metodning turli xil metodik usullari bo‘lishi mumkin. Ular son-sanoqsiz darajada
ko‘p bo‘lib, ma’lum vaqt mobaynida ayrimlari yo‘q bo‘lib ketsa, ayrimlarining
ko‘rinishlari o‘zgaradi. O‘qituvchining ijodiy izlanishi, faoliyati natijasida yangilari
ham vujudga kelib, amalda qo‘llaniladi. Ko‘pincha o‘qitish darajasiga xos metodik
usullar hajmini o‘qituvchi, murabbiy ko‘proq bilishi
ularning faoliyatiga baho
berishda muhim rol o‘ynaydi. Tajribasiz o‘qituvchilarda ba’zan usuliyat – metodik
usulning tashqi alomatlarini o‘zida mujassamlagandek ko‘rinishi mumkin.
Masalan, ayrim mashqlarni bo‘laklarga ajratib o‘rgatish ularning tizimini yarata
olmaslikka olib keladi, natijalar kutilganday bo‘lmaydi. Bu usul ko‘p
holda
metodik usulga o‘xshash bo‘ladi. Aslida u yangi harakatni o‘zlashtirishda
qo‘llaniladigan asosiy usuliyatdir.
Ta’limning interfaol metodlariga qo‘yilgan umumiy talablar. Har qanday
konkret holatda u yoki bu usuliyatni maqsadga muvofiq holda qo‘llash
qator
talablarga rioya qilishni taqozo etadi
1
:
1. Ta’lim metodlari, albatta, ilmiy asoslangan bo‘lishi (oliy nerv faoliyatining
muvofiqligi).
2. Qo‘yilgan vazifaning o‘qitish metodlariga muvofiqligi.
Vazifalarning oldindan aniq belgilanmasligi ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash
imkonini bermaydi. Misol, darsda “kozyol”dan oyoqlarni kerib tayanib sakrashni
o‘rgatish (o‘qitish) vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, usuliyatni tanlash mumkin bo‘lmay
qoladi (bo‘laklarga ajratish va harakatni to‘la bajarish bilan o‘qitish metodlariga
tayanish mumkin, xolos). Nisbatan aniq vazifa, masalan, “kozyol”dan oyoqlarni
kerib sakrashda qo‘llar bilan “depsinish”ni o‘rgatish qo‘yilsa, mashqni bo‘laklarga
ajratish bilan o‘rgatish metodlarini qo‘llashga imkoniyat paydo bo‘ladi.
3. Ta’lim metodlari o‘qitish jarayonida tarbiyalash xarakterini
shakllantirishi. Har bir tanlangan usuliyat aynan
shu harakat faoliyatini
o‘qitishning faqat effektini ta’minlash nuqtayi nazaridangina baholanmay, tarbiya
vazifalari pozitsiyasi talabiga qarab ham baholanishi zarur.
4. Ta’lim metodlarining qo‘llanishi ta’lim tizimidagi barcha prinsiplarning
muvofiqligi va amalda qo‘llanilishiga tayanishi lozimligi.
Usuliyatni alohida
1
Do'stlaringiz bilan baham: