Toshpulatova Shaxlo Ochilovna,
Navoiy davlat pedagogika instituti fizika va astronomiya
o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, mustaqil-izlanuvchisi. E-mail: olxash@inbox.uz
Sh. Toshpulatova
*
PEDAGOGIKA
2017, 4-son
86
o‘quvchining nafaqat ilmiy bilim, balki umuminsoniy qadriyatlar asosida
nazariy, amaliy ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga e’tibor qaratiladi;
majburiy o‘qitish shakllari bilan birgalikda o‘quvchi mustaqil ta’lim va
mustaqil tayyorgarlikka yo‘naltiriladi;
ta’lim mazmunida ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlarni tarkib bilan
emas, balki integrallashgan mazmun, fanlararo bog‘lanish va modullar tizimidan
foydalanishga o‘tiladi;
o‘qitishning reproduktiv metodlari bilan bir qatorda, tahsil oluvchining
ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini
beradigan innovatsion va AKTdan foydalaniladi;
asosiysi tahsil oluvchining o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakasining
DTS me’yorlari bilan mosligi nazorat qilinadi
1
.
O‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, ilmiy dunyoqarash ya’ni dunyoning ilmiy
manzarasini tog‘ri shakllantirishda fizika fanining o‘rni kattadir. Ilmiy va metodik
adabiyotlarimizda umumiy o‘qitish metodlari ko‘plab yoritilayotgan bo‘lsa-da,
umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishning xususiy metodikasida tub
o‘zgarishlar kiritish davri keldi, nazarimizda Shu jihatni inobatga olib, tadqiqotimiz
mavzusi ta’lim sohasidagi muhim va dolzarb muammolardan biridir.
Fizik hodisa va kattaliklarni o‘quvchilar ongida shakllantirishda
quyidagilarni inobatga olish zarur:
fizika kursining mantiqiy ketma-ketligini, ayniqsa, fikrlash va
umumlashtirishni bajara oladigan o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish;
mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini fizika darslarida shakllantirish uchun
ularning aqliy operatsiyalar: analiz va sintez kabilardan tafakkur jarayonida
foydalanishga o‘rgatish.
Maktab o‘quvchilarining chuqur mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lib,
ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlarini oqilona baholay oladigan shaxs
sifatida kamol topishlari ularning fizik bilimlarni o‘zlashtirish faoliyatini adekvat
boshqarish masalalariga borib taqaladi. Mazkur ko‘nikmalarni shakllantirish
jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda,
boshqa fanlar qatori fizikani o‘qitishda ham rivojlangan mamlakatlarda sinalgan,
samarali natijalar bergan dars turlari qo‘llanilmoqda. Bu darslarning muhim jihati
shundan iboratki, unda o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil ishlashga, darsning amaliy
jihatini kuchaytirishga asosiy e’tibor qaratiladi. Agar o‘quvchi chuqur nazariy
bilimga ega bo‘lsa-yu, lekin yetarli amaliy ko‘nikmani egallamagan bo‘lsa, u
o‘zining bilimini amaliyotda foydali qo‘llay olmaydi. Shuningdek, o‘quvchi
1
Tolipova J. O.
Pedagogik kvalimetriya. – Toskent: TDPU, 2017. – B. 9.
Do'stlaringiz bilan baham: |