Dasturning maqsadi va vazifalari
Dasturning maqsadi – kadrlar oldiga qo‘yilgan zamonaviy talablarni ko‘zda
tutib, 5A150901 – Dizayn (interyerni loyihalash) mutaxassisligi bo‘yicha
magistraturaga kiruvchilarning “Interyer loyihalash”, “Rangshunoslik va
kompozitsiya” fanlari bo‘yicha bilimlarini obyektiv aniqlashdan iborat.
Dasturning vazifalariga quyidagilar kiritiladi:
-
abituriyentlarning maxsus fanlar bo’yicha tegishli tasavvur, bilim va
malakasining darajasini aniqlash;
-
abituriyentning mustaqil qaror qabul qilish va fan doirasida uni baholash
qobiliyatini aniqlash;
-
abituriyentning ijodiy fikrlash va vaziyatni to’g’ri baholashini o’rganish;
-
abituriyentning ilmiy va ilmiy-pedagogik qobiliyatlarini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |