3 Annotatsiya



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/362
Sana10.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#440056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
Bog'liq
Magistrataura qabul 2021-2020 sinov va baxolash dasturlar

 
KIRISH 
 
Mazkur 
dastur 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
o’quv 
yurtlari 
magistraturasiga qabul qilish Nizomiga asosan tuzilgan bo’lib, 5A150901 – Dizayn 
(interyerni 
loyihalash) 
mutaxassisligi 
uchun 
magistraturaga 
o’qishga 
kiruvchilarning nazariy bilimlarini va amaliy ko’nikmalarini, ijodiy ishlash 
qobiliyatlarini va fikrlash darajasini aniqlashga qaratilgan. 
Magistratura oliy ta’limning yuqori bosqichi bo’lib, talabalarni ilmiy, 
pedagogik va ijodiy (amaliy) faoliyatlarga yo’naltirishga qaratilgan. Shu boisdan 
5A150901 
– Dizayn (interyerni loyihalash) mutaxassisligi bo’yicha 
magistraturasiga kiruvchilar tahliliy va tanqidiy fikrlash, mustaqil ilmiy-tadqiqot, 
ijodiy ishlarni olib borish va har bir ishga ijodiy yondashish qobiliyatiga ega 
bo’lishi lozim.



5A150901 – Dizayn (interyerni loyihalash) magistratura mutaxassisligi – 
arxitekturaviy va badiiy loyihalash usullarini ishlab chiqish, loyihalash jarayonida 
sintez va optimizatsiya qilish, ishlab chiqarish bilan bog‘lash, inson tomonidan 
dizayn 
mahsulotining 
estetik 
va 
psixologik 
jarayonini 
va 
qurilish 
konstruksiyalarining asosiy tiplarini o‘rganish va qayta ishlash, jamoat va turarjoy 
binolari interyerini ishlash, loyihalash va loyihalash firmalarining tashkiliy 
faoliyatlarida, tadqiqot jarayonida ishtirok etish, vazifasiga ko‘ra bino va 
inshootlarning interyerlarini, arxitekturaviy-fazoviy muhitining landshaft dizayn 
ob’ektini loyihalash, professional kasb ta’limi muassasalarida pedagogik faoliyat, 
shuningdek, ilmiy-faoliyat tadqiqoti, davlat boshqaruv organlari, boshqa davlat va 
nodavlat muassasalarida san’at sohasi ta’lim yo‘nalishlariga mos kasbiy faloliyat 
yuritish kabi masalalar majmuasini qamrab oladi.
Mutaxassislikning vazifasi − ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba 
natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy 
yangiliklarni kashf etish; ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlarini 
tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy 
sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalar tuzish; ilmiy adabiyotlar va 
internet tarmog‘idagi eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion 
yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirgan holda qidirish va topish; 
ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol 
ularga ishtirok etish; mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab 
chiqish, echilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy 
modellarini ishlab chiqish; oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, 
professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-
uslubiy faoliyat yuritish; o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, 
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik 
vositalaridan foydalanib, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish; elektron (e-learning), 
mobil (m-learning), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualarni 
mukammal o‘zlashtirish; pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini 
muntazam oshirib borish; davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan 
e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash malakalariga ega 
bo‘lish; kasbiy faoliyat sohasida mustaqil ijodiy faoliyat yuritish; ishlab chiqarish 
faoliyati natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash usullaridan foydalanish va 
monitoringini olib borish; fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga 
tadbiq etish; iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni baholash; amaliy faoliyatda 
instrumental 
vositalarni 
va 
ishlab 
chiqarish 
muhitini 
takomillashtirish 
qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim; ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish; 
tashkilot, korxona va ularning alohida bo‘linmalar tashkiliy tuzilmasini 
optimallashtirish, xodimlarning professional tayyorgarlik darajasini oshirib 



borishni tashkil qilish va boshqarish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni 
rejalashtirish, mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish; zamonaviy axborot 
texnologiyalar tizimidan foydalanib ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va 
sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish; ijrochilar 
jamoasi ishini tashkil qilish; bajarilayotgan ish rejasini tuzish va bu ishni nazorat 
qilish, ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish, o‘z ishining 
natijalarini baholash; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, 
yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish; 
kasbiy etika kodeksiga rioya qilish; mutaxassislik bo‘yicha loyihalash, dizayn, 
badiiy uyushmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-amaliy asosda strategik 
takliflar va konsultatsiyalar berish; magistr ixtisosligiga mos mavzulardagi 
loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida 
qatnashish; pullik ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish; ixtisoslikka 
mos mavzu bo‘yicha turli xizmatlarni ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. 
Kirish imtihonida abiturientning keltirilgan mutaxassislik fanlardan egallagan 
bilimi, ijodiy qobiliyati, shuningdek, tizimni mustaqil tahlil qila olishi, xulosalarni 
shakllantirishi bo‘yicha bilim darajasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Mazkur kirish (ijodiy) imtihoni Dasturi bakalavriatura bosqichida o‘rgatilgan 
“Interyer loyihalash”, “Rangshunoslik va kompozitsiya” fanlari mazmunini 
qamrab olgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil 
keltirilgan. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish