ichrә
(ichkari),
asra
(pastki, quyi).
Jo’nalish kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun
xarakterli bo’lgan. Misollar:
Senki
ul yan
әzimәt etkүңdүr (Navoiy). Bir inisin
yibәrүr boldы
Hisār
(SHayboniynoma).
O’rin-payt kelishigi
.
Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari
uchraydi:
-da/-dә
jarangli undosh va unli bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi:
Qayg’uda
za’if boldы (QR). Yүzүңdә nurы tajallы, labыңda javhari ruh (Lutfiy).
-ta/-tә
jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi:
Bu ishtә
ixtыyarыm yoq turur (Atoiy). Tanыmaqta mәgәr yanыlmыsh-sen (Navoiy).
O’rin-payt kelishigining
–ta/-tә
affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa
asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham
–da/-dә
affiksi
qo’shila bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |