Yer sharining diametri-12 800 km,Ekvator ya`ni Yer shari belbog`i
uzunligi-40 000 km.Yer sharini 3-qismga ajratish mumkin
1-qism
–
Yer sharining yadrosi
,temir,nikel va boshqa moddalardan
iborat,harorat +6000 C atrofida.
2-qism-Yer shari mantiyasi
-mantiya ko`rpa degan ma`noni
bildiradi,magniy,temir va bosh.moddalardan iborat,harorat +2000 C dan
yuqori.
3-qism-Yer p`osti
-
turli moddalardan tashkil topgan,foydali
qazilmalar,tuproq va qum yer po`stida bo`ladi.Yer shari
ustidagi,ostidagi,yon tomonlaridagi boshqa narsalarni bir xil tarzda o`ziga
tortib turadi.
Yer sharining kichraytirilgan tasviri,ya`ni modeli globus deb ataladi.Globus
shar degan ma`noni bildiradi.Globus kattaligi Yer sharidan bir necha millon
marta kichik,globus markazidan o`tkazilgan o`q
aylanish o`qi
,aylanish o`qi
chiqib turgan joy shimoliy va janubiy qutblarini ko`rsatadi.Globus qoq
o`rtasidan o`tgan aylana
ekvator
chizig`i deyiladi.Dastlab globusdan birini
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) yaratgan,globus diametri 5 metrga teng
bo`lgan.
Yer sharining o`z aylanish o`qi atrofida to`liq aylanib chiqishi uchun ketgan
vaqt
sutka
deb ataladi.Yer sharining o`z o`qi atrofida aylanishidan kun va
tun almashinadi.
Yer sharining Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt
yil
deb ataladi,365 kun,6 soatda aylanadi,3 yil 365 sutka to`rtinchi yili esa
366 sutka olinadi.365 sutkali yilda fevral 28 kundan,366 sutkali yilda fevral
29 kundan iborat bo`ladi va
kabisa
yili deyiladi.
Yer Quyosh atrofini bir tomonga og`gan holda aylanishidan yil fasllari hosil
bo`ladi.Quyosh nuri Yer ekvatorini pastini yoritsa
qish
,ekvatorning yuqori
va past qismlarini birday yoritsa
bahor,kuz
,ekvatorning yuqori qismini
yoritsa
yoz
fasliga to`g`ri keladi.
Ochiq joyda Yer yuzining aylana chiziq bilan chegaralangan chizig`i
ufq
deb
ataladi.Ochiq va tekis joyda 4 km uzoqlikkacha bo`lgan joylar ko`rinadi,u
holda ufq 4 km uzoqlikda deyish mimkin.Ufqning 4 ta asosiy tomoni bor-
quyosh chiqishi-sharq,botishi-g`arb,o`ng qo`lni sharqqa,chapni g`arbga
qarating.Bunda siz qarab turgan tomon-shimol,orqangiz janub bo`ladi.
Qadimda ufq tomonlari “Qutb yulduzi” ga qarab aniqlashgan,
u osmonnig
shimol tomonida bo`lib,siljimasdan bir joyda turadi.Aslida yulduzlar Yerga
nisbatan bir joyda turadi.Qutb yulduzi eng yorug` yulduz bo`lib,yon
tomonida yana 6 ta yorug` yulduz bor,xayolan birlashtirilsa 7 yulduzdan
iborat cho`mich shakli hosil bo`ladi.Ufq tomonlarini mahalliy belgilarga
M:daraxtning janub tomonga qaragan shoxlari qalin,shimolga qaragani
siyrak,daraxt to`nkasi kesilgan joyidagi halqalar orasi uzoq bo`lgan janub
tomonga,xalqasi zich joylashgan qism shimolga to`g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |