Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


amalga oshiriladigan hujum jangini tashkillashtirish



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

amalga oshiriladigan hujum jangini tashkillashtirish
vaqtida motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri qo„shimcha ravishda dushmanning 
barcha yaruslardagi o„t ochish tizimini o„rganib chiqadi, uning pistirma qo„yishi 
mumkin bo„lgan joylarni, o„zining tankchi va motoo„qchi bo„linmalari tomonidan 
aylanib o„tish va qurshovga olishni bajarish vaqtida ularning harakatlari uchun 
qulay yo„nalishlarni belgilaydi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandirining 
qarorida
odatiy masalalardan 
tashqari quyidagilar belgilab beriladi: dovonlar, tonnellar va boshqa muhim 
ob'ektlarni qo„lga olishning tartibi; aylanib o„tishni (qurshovga olishni) amalga 
oshirayotgan bo„linmalarning vazifalari hamda ularning frontdan hujum qilayotgan 
bo„linmalar yoki taktik havo desanti bilan hamkorlik qilish tartibi; qanotlarni 
himoyalash, dushman pistirmalarini yo„q qilish, mo„ljal olish, yo„nalishga amal 
qilish va hujum qilayotgan bo„linmalarning joyini belgilash bo„yicha tadbirlar; tosh 
va qor ko„chkilari, sellardan himoyalanish choralari; bo„linmalarni zaruriy tog„ 
anjom-aslahalari bilan ta'minlash tartibi.
O„t ochib hujumni tayyorlash hamda unga madad berish mobaynida 
dushman bir vaqtning o„zida barcha yaruslarda, ayniqsa yo„llar va bo„linmalarning 


167 
hujum yo„nalishlariga tutash joylarda, dovonlar va hukmron balandliklarda 
joylashgan tayanch punktlarida eng ishonchli tarzda bostiriladi va yo„q qilinadi. 
Gaubitsali artilleriya va minomyotlar, qoidaga ko„ra, balandliklarning orqa 
tomonidagi yonbag„irlarda o„rnashib olgan dushmanga shikast yetkazish uchun 
qo„llaniladi. Quyidagilar dushmanga shikast yetkazishning asosiy vositalari 
hisoblanadi: quyi yarusda – to„p, tank, piyodalar jangovar mashinalari va tankka 
qarshi vositalarning to„g„ridan-to„g„ri nishonga olib o„t ochishi, ikkinchi yarusda – 
artilleriya va minomyotlarning o„t ochish amali, keyingi yaruslarda – aviatsiyaning 
(shu jumladan vertolyotlarning) zarbalari va gaubitsali artilleriyaning o„t ochish 
amali.
Tor tog„ vodiylari va daralar (kanonlar) bo„ylab hujum qilish vaqtida 
motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) jangovar tartibi anchagina ichkari tomonga 
qaratilgan holda tuziladi. Daraga motoo‟qchi batalyonning birinchi esheloni olib 
kirish oldidan o„t ochishga shay holdagi artilleriyaning bir qismini avvaldan tizish 
ko„zda tutiladi.
Motoo„qchi bo„linmalar dushmanga, odatda, piyoda yurib hujum qiladi.
Zenit vositalari hujum qilayotgan bo„linmalarni himoya qilib, bunda ular 
tabiiy joyning relefi va havodagi dushmanning, ayniqsa past balandliklardan turib 
zarba berish ehtimoli bo„lgan yo„nalishlarni hisobga olgan holda harakat qiladi.
Tog„li hududda amalga oshiriladigan hujum jangi mobaynida motoo‟qchi 
batalyon (vzvod) komandiri razvedka amalini olib borish va qanotlarni 
ta'minlashga alohida e'tibor qaratadi.
Razvedka amali odatdagi sharoitlarga qaraganda razvedka (jangovar 
razvedka) dozorlari, kuzatuv postlari va kuzatuvchilar sonini ko„paytirilgan holda 
olib boriladi. Motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) ochiq qanotlarini ta'minlashga 
vzvodlar (jangovar guruhlar) jangovar tartibini cho„qqi shaklida tuzish, kuzatuvni 
kuchaytirish va dushman pinhona yaqinlashib kelishi mumkin bo„lgan 
yo„nalishlarda razvedka olib borish, shuningdek, ikkinchi eshelonning (rezervning) 
qanotlar tomon yoki nisbatan xavfli yo„nalishda manevr qilishga doimiy shayligi 
orqali erishiladi.


168 
Tor tog„ vodiyi bo„ylab hujum qilish vaqtida motoo‟qchi batalyon birinchi 
navbatda ulardan vodiy o„qqa tutilayotgan tutash balandliklarni zabt etadi. Bunda 
bir vaqtning o„zida vodiy va cho„qqi bo„ylab hujum qilayotgan bo„linmalar 
harakatlarining muvofiqlashtirilganligiga alohida e'tibor qaratiladi.
O„t ochish vositalarining joylashuvi ko„p yarusli bo„lgan balandlikka hujum 
qilishda hujum qilayotgan bo„linmalar balandlikka yaqinlashishi bilan artilleriya 
olovni yuqori yaruslardagi, ayniqsa yon tomondan o„qqa tutayotgan o„t ochish 
vositalariga ko„chiradi. Agar balandlikni aylanib o„tish mumkin bo„lsa, motoo‟qchi 
batalyon (vzvod) kuchlarining bir qismi frontdan, aylanib o„tadigan bo„linmalar 
esa qanot va front ortidan hujum qiladi. O„t ochish vositalari bitta yarusda 
joylashgan balandliklarga ham imkon qadar bir vaqtda turli yo„nalishlardan hujum 
qilinadi.
Hujum mobaynida, ayniqsa vodiylar va tog„ platolariga chiqish vaqtida, 
bo„linmalar doim dushmanning qarshi hujumlarini qaytarishga shay bo„lib 
turishlari kerak.
Frontdan hujum qilayotgan motoo‟qchi batalyon (vzvod) tog„dagi dovon 
yoki darani mustaqil ravishda, aylanib o„tayotgan otryad yoki katta komandirning 
taktik havo desanti bilan hamkorlikda zabt etadi.
Dovon yoki darani zabt etish, odatda, unga tutashib ketgan balandliklarni 
qo„lga olish va dovon yoki dara tomonga qaragan yonbag„irlardagi dushmanni 
yo„q qilishdan boshlanadi. Motoo‟qchi batalyon (vzvod) tutash balandliklarni 
(balandlikni) zabt etgandan so„ng kuchlarning bir qismi bilan qo„lga olingan 
marradan bevosita dovon yoki darani mudofaa qilayotgan dushmanni siquvga 
oladi, asosiy kuchlar bilan esa qanot va front ortiga hujum qilib uni yo„q qiladi 
hamda dovonni (balandlikni) yoki darani zabt etadi.
Tanklar va piyodalar jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) yurish 
mumkin bo„lgan joylardan harakatlangan holda motoo‟qchi batalyon (vzvod) 
hamda dushmanni qanotlardan aylanib o„tayotgan bo„linmalarning olg„a siljishiga 
to„sqinlik qilayotgan dushmanning o„t ochish vositalarini yo„q qiladi.


169 
Vaziyatdan kelib chiqqan holda motoo„qchi bo„linmalar piyoda yurib hamda 
tanklar va piyodalar jangovar mashinalarining (zirhli transportyorlarning) olovli 
madadisiz hujum qilishi mumkin. Bu holatda tanklar ularda desant tariqasida yoki 
piyoda yurib harakatlanayotgan motoo„qchi bo„linmalarning muhofazasi ostida 
hujum qiladi, piyodalar jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) esa o„z 
bo„linmalari shaxsiy tarkibining bir qismi bilan yurish mumkin bo„lgan 
yo„nalishlar (yo„llar) bo„ylab jang oldi tartibida harakatlanadi. Yurish mumkin 
bo„lgan joyga yetib borishi bilan ular tezlik bilan tiziladi hamda motoo„qchi 
bo„linmalarning hujumiga madad beradi.
Dovon yoki darani zabt etgandan so„ng motoo‟qchi batalyon (vzvod) 
qo„yilgan vazifadan kelib chiqib harakat qiladi. Motoo‟qchi batalyon (vzvod) 
komandiri yoki katta komandirning qarori bilan dovonga olib boradigan yo„llar, 
yo„llarning muhim uchastkalari, ko„priklar, tonnellar va daraning chiqish joylarini 
qo„riqlash va mudofaa qilish tashkillashtiriladi.
Hujum yo„nalishini kesib o„tadigan kanonlar, qoidaga ko„ra, qo„lga olingan 
o„tish joylari bo„ylab harakat davomida yengib o„tiladi. Agar o„tish joyini qo„lga 
olishning imkoni bo„lmasa, u holda motoo„qchi bo„linmalar dushman tomonidan 
egallanmagan uchastkalardan foydalangan holda kanondan o„tib, o„tish joyini 
mudofaa qilayotgan dushmanning qanoti yoki front ortiga chiqadi hamda tanklar 
va artilleriya o„t ochish amalining madadida daf'atan hujum qilib uni zabt etadi. 
O„tish joyini mudofaa qilayotgan dushmanni aylanib o„tishning imkoni bo„lmasa, 
motoo‟qchi batalyon (vzvod) frontdan hujum qilgan holda uni zabt etadi. Bu holda 
kanondan birinchi navbatda artilleriya va tanklar o„t ochish amalining himoyasi 
ostida motoo„qchi bo„linmalar o„tib oladi. Tanklar va artilleriya motoo„qchi 
bo„linmalar ortidan mavjud yoki jihozlangan o„tish yo„llari bo„ylab kanondan o„tib 
oladi.
Hujum mobaynida tog„ daryolari, qoidaga ko„ra, sayoz joylardan kechib 
o„tiladi, buning imkoni bo„lgan joylarda esa desant, parom va ko„prik kechuvlari 
jihozlanadi. Kechuv joylaridagi komendantlik, qutqaruv va evakuatsiya xizmatlari 
kuchaytiriladi, shuningdek, daryo zastavalari qo„yiladi. Sayoz joylarning 


170 
chegaralari ko„rinib turadigan belgilar bilan belgilanadi. Daryoning tubi yirik 
xarsang toshlardan tozalanadi. Shaxsiy tarkibni o„tkazish uchun arqonlar 
mahkamlanadi.
Aylanib o„tadigan otryadga tayinlangan motoo„qchi batalyon (vzvod) 
artilleriya (minomyot) bo„linmalari, tankka qarshi, muhandislik-sapyor va boshqa 
bo„linmalar bilan kuchaytiriladi, shuningdek, o„q-dorilarning katta zaxirasi, tog„ 
anjom-aslahalari bilan ta'minlanib, unga artilleriya o„t ochish amali va 
vertolyotlarning zarbalari bilan madad beriladi.
Ikkinchi eshelon tarqoq holda asosiy sa'y-harakatlar jamlangan yo„nalish 
bo„ylab birinchi eshelondagi bo„linmalarga yaqinroq joyda harakatlanadi.
Motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) qo„mondonlik-kuzatuv punkti, 
shuningdek, texnik ta'minot va front orti bo„linmalari birinchi eshelondagi 
vzvodlarning jangovar tartibiga yaqinlashib keladi.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish