1000 metrgacha bo„lga
n
frontda hujum qiladi. Vzvod bitta ko„cha yoki dahaning ichi bo„ylab hujum qiladi.
Vzvod oldiga birinchi navbatdagi vazifa, motoo‟qchi batalyon oldiga esa
birinchi navbatdagi va navbatdagi vazifalar qo„yiladi. Bundan tashqari, ikkala
bo„linmaga ham keyingi hujum yo„nalishi ko„rsatiladi.
Motoo‟qchi batalyonning birinchi navbatdagi vazifasi
tayanch punkti
yoki bitta, ba'zan esa ikkita dahani qo„lga olish,
navbatdagi vazifasi
esa dushman
mudofaasi ichkarisidagi muhim ob'ektlarni (dahalarni) zabt etish hisoblanadi.
Vzvodning birinchi navbatdagi vazifasi
dushmanning tayanch punktidagi
binoni (katta binoning bir qismini yoki bir nechta kichik binolarni) zabt etish
hisoblanadi.
Motoo‟qchi batalyon komandiri avvaldan katta miqyosli xarita (shahar tarhi,
fotosuratlar) bo„yicha shaharni (aholi punktini), undagi dushman mudofaasi
tuzilishining o„ziga xos xususiyatlarini o„rganadi hamda razvedkani
tashkillashtiradi.
Hujum jangini tashkillashtirish vaqtida motoo‟qchi batalyon (vzvod)
komandiri odatiy masalalardan tashqari quyidagilarni belgilab beradi: birinchi
navbatda zabt etilishi kerak bo„lgan eng muhim tumanlar va ob'ektlar (binolar);
hujumchi guruhlarning soni va ularning tarkibi; binolar, imoratlar va boshqa
ob'ektlarning qurilishidagi o„ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda o„t ochib
dushmanga shikast yetkazish usullari.
Hamkorlikni tashkillashtirish vaqtida motoo‟qchi batalyon (vzvod)
komandiri quyidagilarni muvofiqlashtiradi: bo„linmalarning hujum qilinayotgan
ob'ekt tomon chiqib borish tartibi; binoga hujum qilish (binoni ishg„ol qilish) va
uning ichidagi jang vaqtida bo„linmalarning harakatlari; qo„shni bo„linmalar bilan
hamkorlik tartibi hamda dushman rezervlarining chiqib kelishi va ular tomonidan
qarshi hujum amalga oshirilishiga yo„l qo„ymaslik choralari; vzvodlar (hujumchi
guruhlar) qanotlarini, bo„linmalar front ortidagi dushmanning qo„poruvchi-
razvedka guruhlari bilan olib boriladigan kurashni ta'minlash; o„z bo„linmalarini
162
tanib olish usullari, hujum qilingan ob'ekt (bino) ichidagi o„z holatini ishora qilish
uchun mo„ljallangan signallar va boshqa masalalar.
Bo„linmalar shaharga (aholi punktiga) yaqinlashib kelayotganda artilleriya
bir vaqtning o„zida unga olib boradigan yo„llar va uning chekkasidagi tayanch
punktlariga o„rnashib olgan dushmanni bostiradi va yo„q qiladi. Bo„linmalar
shaharning (aholi punktining) chekkasiga yetib borishi bilan artilleriya o„t ochish
amalini tayanch punktlarining ichkarisidagi binolar va boshqa inshootlarga
ko„chiradi hamda hujum qilinayotgan ob'ektlarga dushman rezervlarining
yaqinlashishiga yo„l qo„ymaydi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod), o„t ochib shikast yetkazishning natijalari,
shuningdek, dushman mudofaasidagi ochiq joy va yaxshi tayyorlanmagan
uchastkalardan foydalanib, harakat davomida shaharga (aholi punktiga) bostirib
kiradi hamda ko„chalar bo„ylab hujum qilgan holda bino va dahalarni (muhim
ob'ektlarni) ketma-ket zabt etib boradi.
Tanklar va ognemyotchilar, qoidaga ko„ra, motoo„qchi bo„linmalarning
jangovar tartibida yoki ularning ortida harakatlanadi hamda o„zining o„t ochish
amali bilan birinchi navbatda binolarning podvallari, pastki qavatlari va boshqa
panagohlardagi dushmanni yo„q qiladi. Piyodalar jangovar mashinalari (zirhli
transportyorlar) panagohdan panagohga katta tezlikda harakatlangan holda to„p va
pulemyotlardan olib boriladigan o„t ochish amali bilan tanklar va o„z
bo„linmalarining olg„a siljishiga to„sqinlik qilayotgan dushmanni yo„q qiladi.
Havodagi dushmanga qarshi kurashish uchun ajratilgan zenit qurollari
hamda boshqa vositalar o„t ochish amalini olib borish imkonini beradigan
maydonlar, xiyobonlar va boshqa joylarda joylashtiriladi, o„qchi-zenitchilar esa,
odatda, binolarning tomidagi pozitsiyalarni egallaydi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri qanotlarni himoyalash va
dushmanning qarshi hujumlarini qaytarish, shuningdek, alohida mustahkamlangan
binolarni qurshovga olish uchun bo„linmalarning bir qismini ajratib, asosiy kuchlar
bilan hujumni rivojlantirishni davom ettirishi mumkin.
163
Shaharni (aholi punktini) ishg„ol qilish puxta tayyorgarlikdan so„ng
motoo‟qchi batalyonning bir vaqtning o„zida bir nechta yo„nalishlardan
uyushtiradigan hujumi bilan amalga oshiriladi.
Shaharning mudofaaga tayyorlangan yirik inshoot va ob'ektlarini qo„lga
olish uchun hujumchi guruh va otryadlar tuziladi. Motoo„qchi vzvod, qoidaga
ko„ra, hujumchi guruhning, motoo‟qchi batalyon esa o„z tarkibida 2-3 ta hujumchi
guruhlarga ega bo„lgan holda hujumchi otryadning asosini tashkil qiladi.
Guruh va otryadlarning tarkibiga, qoidaga ko„ra, tank, to„p, minomyot,
ognemyot va granatomyotlar, shuningdek, quruqlikdagi nishonlarga qarata o„t
ochish uchun mo„ljallangan ZU-23-2 rusumidagi zenit artilleriya qurilmalari
hamda muhandislik-sapyor bo„linmasining shaxsiy tarkibi kiritiladi. Bundan
tashqari, hujumchi guruh va otryadlar portlovchi zaryadlar, yondirish, tutun
tarqatish hamda signal berish uchun mo„ljallangan vositalar, shuningdek, g„ovlarni
yengib o„tish va binolarni ishg„ol qilish uchun mo„ljallangan moslamalar bilan
ta'minlanadi.
Shaharni ishg„ol qilishni tashkillashtirish vaqtida hujumchi otryadlarning
(guruhlarning) tayyorgarligiga alohida e'tibor qaratilib, ularning komandirlari
majburiy tarzda katta miqyosli xaritalar va aerofotosuratlar bilan ta'minlanadi.
Hujumchi otryadning (guruhning) komandiri ob'ekt mudofaasining tavsifi,
dushmanning o„t ochish tizimini hamda qo„shni binolardan turib dushmanni yon
tomondan o„qqa tutish mumkinligini, yer osti kommunikatsiyalari, to„siqlar va
unga olib boradigan eng qulay yo„llarni puxta o„rganib chiqadi. Shuning asosida
ob'ektni qo„lga olishning usuli, hujumchi guruhlarning soni va tarkibi,
bo„linmalarning jangovar vazifalari va jangovar tartib belgilanadi.
Hamkorlikni tashkillashtirish vaqtida ob'ektni ishg„ol qilish tartibi
o„zlashtiriladi, tank, to„p, granatomyot va boshqa o„t ochish vositalarining
motoo„qchi bo„linmalar jangovar tartibidagi o„rni, ularning o„zaro hamkorlik,
aloqa qilish va bir-birini tanib olishining tartibi belgilanadi.
Ishg„ol qilishga kirishish oldidan barcha kuch va vositalarni jalb qilgan
holda o„t ochib mudofaa ob'ektlariga shikast yetkazish amalga oshiriladi. Ishg„ol
164
qilish boshlangach u shahar (aholi punkti) to„liq zabt etilgunga qadar kunduzi va
tunda uzluksiz olib boriladi.
O„t ochib hujumni tayyorlash vaqtida hujumchi otryad (guruh) hujum
ob'ektiga imkon qadar yaqin bo„lgan boshlang„ich holatni egallaydi hamda
belgilangan vaqtda hujumga o„tadi. Qo„shimcha berilgan to„plar va tanklar,
shuningdek, ognemyotlar bevosita hujum qilinayotgan va qo„shni binolardagi
dushmanni yo„q qiladi, hujumchi guruhlar esa, devorlardagi yoriqlar, binolarning
yer osti kommunikatsiyalari, yurish yo„laklari, kirish joylari va turtib chiqqan
joylaridan foydalanib bino tomon siljib boradi hamda belgilangan vaqtda o„t
ochish amali va aerozolli (tutunli) pardalarning himoyasi ostida binoga bostirib
kiradi. Hujum o„t ochish nuqtalari va jonli kuchga qarata hamda derazalar orqali
binolar ichiga qo„l granatalarini uloqtirgan holda shiddat bilan amalga oshiriladi.
Binoga bostirib kirgach, hujumchi guruhlar dushman kuchlarini ajratib
yuborishga hamda ularni o„zaro aloqada bo„lish va bir-biriga yordam berish
imkoniyatidan mahrum qilishga intiladi. Hujumchi guruhlar dadil va mardonavor
harakat qilib tezlik bilan zina xonalari va maydonchalarini egallaydilar hamda
tutash xonalarni dushmandan tozalagan holda ularga mustahkam o„rnashib oladi.
Artilleriya va tanklarning o„t ochish amali bilan madad berish hujumchi guruhlar
binoga kirib olgunga qadar amalga oshiriladi. Katta binodagi jang qavatlarda
tarqoq holda boradigan alohida olishuvlarga bo„linib ketadi.
Hujumchi otryad (guruh) tarkibiga kiruvchi muhandislik bo„linmalari
devorlar va qavatlar orasidagi to„siqlarda yo„l ochadi, zarurat tug„ilganda esa
qo„lga olingan binolarni minalardan tozalaydi.
Artilleriya bo„linmalari qo„shni binolardagi dushmanni yo„q qiladi va uning
rezervlarini yaqinlashishiga yo„l qo„ymaydi.
Hujumchi otryad (guruh) bino yoki dahani qo„lga olgandan so„ng keyingi
bino va dahalar uchun jangni davom ettirib, qo„yilgan vazifani bajaradi. Alohida
qarshilik o„choqlari va dushmanning kichik guruhlari ikkinchi eshelon (rezerv)
tomonidan yo„q qilinadi. Juda mustahkam uzoq muddatli o„t ochish istehkomlari
qurshovga olinadi va ularni mudofaa qilayotgan garnizon bilan birgalikda portlatib
165
yuboriladi. Qo„lga olingan muhim binolar va chorrahalar mustahkamlanadi. yer
osti kommunikatsiyalarining chiqish joylari qo„riqlanadi yoki vayron qilinadi.
Hujumchi otryadning (guruhning) komandiri eng muhim binoga (ob'ektga)
hujum qilayotgan bo„linmalarga bevosita yaqin joyda turib jangni boshqaradi.
Motoo‟qchi batalyonning texnik ta'minot va front orti bo„linmalari, qoidaga
ko„ra, shahar (aholi punkti) tashqarisida yoki uning chekkasida joylashtiriladi.
Qurol-aslaha, texnikani evakuatsiya qilish va ta'mirlash uchun vositalar hamda o„q-
dori va yonilg„ining zaruriy miqdori ortilgan transport, shuningdek, motoo‟qchi
batalyon tibbiy punkti shahar (aholi punkti) tomonga siljib boradi. Texnik kuzatuv
punktlari birinchi eshelonda hujum qilayotgan vzvodlarga imkon qadar yaqin
bo„lgan ko„chalarda yoyiladi. Yaradorlarni qidirish uchun sanitarlar-zambilchining
guruhlari tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |