Taktik niqoblanish hujumni tayyorlashda va uni olib borish mobaynida
motoo‟qchi batalyon (vzvod) bo„linmalari, ularning boshqaruv punktlari, artilleriya
va boshqa o„t ochish vositalarining o„t ochish pozitsiyalari haqiqiy joylarining,
bo„linmalarni hujumga tayyorgarlik ko„rayotganligini fosh qiluvchi taktik
niqoblanishdagi buzilish alomatlarining, asosiy sa'y-harakatlarni jamlash uchun
tanlangan yo„nalishning, hujumga o„tish marrasi tomon harakatlanish
yo„nalishlarining pinhoniyligini ta'minlash, shuningdek, radio-, yorug„lik va ovozli
niqoblashga rioya etish maqsadlarida tashkillashtiriladi va amalga oshiriladi.
Taktik niqoblanish bo„yicha tadbirlar niqoblash to„plamlari, tabiiy joyning
himoyalovchi va niqoblovchi xususiyatlari, mahalliy predmetlar va aerozollardan
(tutunlardan) foydalangan holda, shuningdek, niqoblanish intizomiga qat'iy amal
qilgan holda bajariladi.
134
Hujumni tayyorlashda va uni olib borish mobaynida