harf, fonema
va
transkripsiya
dir.
Nutq tovushlarining, yozuvdagi shartli ifodasi harf hisoblanadi.
Tovush bilan harfni farqlash lozim, ular bir narsa emas. Tovush nutqqa
xos birlik bo„lsa, harf yozuvga tegishlidir. Harf ham ijtimoiy qiymatga
ega, biroq u o„z ijtimoiy xizmati bilan tovushga teng kela olmaydi.
Tovushga nisbatan harfning vazifasi bir qadar
chegaralangan.
Chunonchi,
o„t (olov), o„t (maysa), o„t (fe‟l), o„tkazmoq, o„tqazmoq,
o„tqizmoq, noo„rin, do„ppi, o„n, o„q
so„zlarining hammasida [
o„]
tovushi
ishtirok etadi. Ammo bu so„zlar tarkibidagi [
o„]
tovushining talaffuzi
aynan bir xilda emas, ma‟lum darajada farqlanadi. Yozuvda esa
tovushning serqirraligi hisobga olinmaydi va birgina harf bilan
ifodalanaveradi. Zero, harf yuqorida ta‟kidlaganimizdek, tovushning
barcha xususiyatlarini aks ettira olmaydi.
Tovush so„zining faqat moddiy qobig„igina bo„lib qolmay, balki so„z
va so„zshakllarni o„zaro farqlash, ma‟no ajratish vazifasini ham bajaradi.
Bu sizga “Fonema” mavzusidan yaxshi tanish. Demak, nutq tovushlari
ifodasining yana bir ko„rinishi
fonema
bo„lib, fonemani harfdan farqlash
juda zarurdir. Ma‟lumki, fonema eng kichik til bo„lagi bo„lib, so„zlarni,
morfemalarni o„zaro farqlashga xizmat qiladi. Masalan,
tor, tar, ter, tir,
tur, to„r
so„zlarida [a], [o], [e], [i], [u], [o„] unlilari fonemalar
hisoblanadi.
Sor, bosh, qol, dog„, nok, goh, joy
kabi so„zlarda [s], [r], [b],
83
[sh], [q], [l], [d], [g„], [n], [k], [g], [h], [j], [y] undoshlari ma‟no
farqlovchi fonemalardir.
O„rdak
so„zidagi har bitta tovush (harf) alohida fonemadir. Ammo
o„, r, d, a, k, tovush (harf)lari alohida olib qaralganda fonema bo„la
olmaydi. Fonema bilan harf tushunchalari o„zaro uzviy bog„liq, ammo
ular aynan bir narsa emas. Harf yozuv birligi, fonema esa
tilshunoslikning “Fonologiya” sathida o„rganiluvchi til birligidir.
Transkripsiya
(transcriptio ko„chirib yozish) – yozuvning nutq
tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sun‟iy (shartli)
turi; nutq bo„laklari (tovush, bo„g„in, so„z)ning tovushiy sifatlarini
yozuvda aniq aks ettirish usuli. Transkripsiya, eng avvalo, 2 ga bo„linadi:
ilmiy transkripsiya va amaliy transkripsiya. Ilmiy transkripsiya o„z
xususiyatiga ko„ra, fonetik va fonematik transkripsiyalarga bo„linadi.
Fonetik transkripsiya og„zaki nutq (talaffuz)ni barcha xususiyatlari bilan
yozuvda aniq aks ettirishni ko„zda tutadi va xorijiy tillar (masalan, ingliz
tili) lug„atlarida, til darsliklari va notiqlik qo„llanmalarida, jonli tilni
yozib olishda (dialektologik yozuvlar, fonetika darsliklari va boshqalar)
qo„llanadi. Fonetik transkripsiyaning asosiy prinsipi shundaki, talaffuz
etilgan har bir tovush yozuvda alohida qayd etilishi kerak. Fonetik
transkripsiya amaldagi biror alifbo asosida, unga nutq a‟zolaridagi ayrim
artikulyatsiyalarni aks ettiruvchi ostust belgilari yoki ixtiyoriy o„ylab
topilgan belgilar tizimini qo„shish bilan yaratiladi. Masalan, o„zbek
shevalarini o„rganish maqsadidagi dialektologik yozuvlarda amaldagi
alifboda bo„lmagan e, o 9 (til oldi a), o„,‟ (i ning variantlari), o, q (o„
ning variantlari) va boshqa belgi (harf)larning qo„llanishi. Universal
transkrepsiya sifatida Xalqaro fonetik uyushma – IPA (International
Phonetic Association) tomonidan 1886-yilda lotin grafikasi asosida
yaratilgan va doimo takomillashtirib boriladigan xalqaro fonetik alifbo
qo„llanadi.
Fonematik transkrepsiya har bir so„zni fonema tarkibiga ko„ra aks
ettiradi, bunda kuchsiz pozitsiyalarda paydo bo„ladigan variantlar aks
ettirilmaydi. Ushbu transkrepsiyaning prinsipiga ko„ra, har bir fonema,
pozitsiyasidan qat‟i nazar, doimo ayni bir belgi bilan aks ettiriladi.
Fonematik transkrepsiyada fonetik transkrepsiyaga karaganda kamroq
84
belgi ishlatiladi, chunki fonemalar miqdori doimo variantlar miqdoridan
kam bo„ladi.
Amaliy transkrepsiya muayyan milliy alifbo vositalari orqali boshqa
tillardagi atoqli otlar, terminlar, maxsus nomlar va shu kabi tarjima
qilinmaydigan so„zlarni aks ettiradi va shu yo„l bilan ularni qabul
qiluvchi tilning bosma matnlariga kiritadi. Amaliy transkrepsiya qabul
qiluvchi til alifbosidagi belgilar chegarasidan chiqmaydi, lekin
belgilarning ayrim g„ayriodatiy qo„llanishlariga yo„l qo„yadi. Amaliy
transkrepsiyaga qo„yiladigan asosiy talablardan biri qabul qilinayotgan
birlikning talaffuzini imkon qadar aniq saqlab qolishdir. Shu bilan birga,
amaliy transkrepsiya so„zning morfem tuzilishini, uning grafik
xususiyatlari va boshqani saqlab qolishi hamda muayyan so„zning oson
o„zlashishini ta‟minlashi kerak.
Fan olamida transkripsiya so„zi boshqa ma‟nolarda
ham
qo„llaniladi. Masalan, biologiyada tirik hujayralarda matritsa –
dezoksiribonuklein kislota (DNK)da ribonuklein kislota (PNK)
biosintezining amalga oshish jarayoni tushinilsa, musiqada ayrim musiqa
asarini boshqacha tarzda – biror so„zga moslab ifodalash (aranjirovka)
yoki erkin qayta ishlash tushiniladi.
Tilshunoslikda esa keng ma‟noda atoqli – geografik, tarixiy va
boshqa nomlarning ma‟lum bir qoida asosida berilishi; tor ma‟noda esa
transkripsiyaga yuqorida berilgan ta‟rif asosi anglashiladi. Bu atama
ko„pincha keyingi ma‟noda ishlatiladi. Demak, transkripsiya nutq
tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalsh vositasi
bo„lib, yozuvning shartli, sun‟iy turidir.
Transkripsiya o„rganish nima uchun kerak? Bu savolga shunday
javob berish mumkin:
birinchidan, transkripsiya og„zaki nutq jarayonida talaffuzning
yozuvda aks ettirilmagan tovush xususiyatlari va yozuvdagi matnlarni
to„g„ri va juda aniq ifodalash uchun zarur;
ikkinchidan, qadimgi yozuvlarni to„g„ri o„qish, o„rganish, o„qilishi
qiyin va murakkab bo„lgan ieroglifik va bo„g„inli yozuvlarni o„rganish
uchun zarur;
uchinchidan, orfografiya qoidalarida tarixiy- an‟anaviy tamoyil
saqlangan tillarni o„rganish ishlarini osonlashtiradi;
85
ega.
to„rtinchidan, chet tillarning talaffuzini o„rganishda katta ahamiyatga
Transkripritsiya tamoyillari o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, u
orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy va tarixiy – an‟anaviy
prinsiplaridan farq qiladi. Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko„ra
so„zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. Bu holat qisman
orfografiyaning fonetik prinsipiga o„xshaydi. Biroq orfografiyada odatda
bir tovush bitta harf bilan ham, ba‟zan bitta tovush ikki harf bilan ham
yoki, aksincha, ikki tovush bitta harf bilan (bunda kirill alifbosidagi e, ѐ,
ю, я grafemalari nazarda tutilmoqda) berilishi ham mumkin.
Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush harf (belgi) bilan beriladi.
Transkripsion belgilar xalqlar o„rtasida keng tarqalgan an‟anaviy
alifbolar asosida tuziladi. Ularga qo„shimcha belgilar ham qo„shiladi.
Transkripsion belgilar soni asos qilib olingan alifbo harflari sonidan ko„p
bo„ladi. Asosiy transkripsion belgilarga qo„shiladigan qo„shimcha
belgilar
Do'stlaringiz bilan baham: |