53
Tilshunoslikda nutq uslublarining besh ko„rinishi mavjudligi va bu
uslublarning har biri o„ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi qayd etiladi.
Bular quyidagilar: ilmiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub, publitsistik uslub,
so„zlashuv uslubi, badiiy uslub.
Fan-texnika, san‟atning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar,
darsliklar, ilmiy-texnik xabarlar, maqolalar,
tezislar ilmiy uslubda
yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma‟lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy
xulosalarga (qoidalar, ta‟riflar, aksiomalarga) boy bo„lishi bilan boshqa
nutq uslublaridan farqlanadi.
Ilmiy uslubdagi nutq monologik xarakterga ega bo„lib, unda
obrazlar, obrazli tasvirlar, ko„chma ma‟noli so„zlar, majoz, bo„yoqdor
so„zlar, iboralar deyarli uchramaydi. Bu uslubga mantiqiy fikrlash,
abstraksiya, analiz, sintez, tushunchalarga mos
keladigan atamalar bilan
ish ko„rish - xos xususiyatlardir. Shuning uchun u o„rganuvchining his-
tuyg„ulariga emas, ongiga, tafakkur –shuuriga ta‟sir etadi. Ilmiy uslubda
har bir fanning o„ziga xos ilmiy terminlaridan foydalanadi. Masalan,
tilshunoslikda
morfologiya, sintaksis, fe‟l, tuslanish, kesim, giponimiya
kabi atamalar;
matematikada
teorema, tenglama, kosinus, sinus,
parallelopiped, gipotenuza
kabi atamalar; meditsinada
analgin, adeopan,
glyukoza, validol, baralgin, glitserin
kabi atamalar ishlatiladi.
Ilmiy uslubda so„zlar, odatda, o„z ma‟nosida qo„llaniladi. Qoida yoki
ta‟rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan izoh bo„laklar,
kirish so„z, kirish birikma va kirish gaplar,
shuningdek, ergashgan
qo„shma gaplardan ko„proq foydalaniladi. Gaplarning kesimi, odatda ,
aniq yoki majhul nisbatdagi fe‟llar bilan ifodalanadi; moslashuvli
birikmalar deyarli hamma vaqt belgisiz (gap bo„lagi, unlilar tasnifi, so„z
o„zagi kabi): sonlar raqamlar bilan; birinchi
shaxs birlikdagi kishilik
54
olmoshi (men) ko„plik shaklida (biz) beriladi. Ilmiy uslubda gap
bo„laklari tartibida inversiya uchramaydi. Ilmiy uslubga xos bo„lgan
asosiy xususiyatlar deyarli barcha tillarga, jumladan, rus, ingliz, nemis,
fransuz va h.larga ham tegishlidir.
Hukumat
idoralari
tomonidan
chiqarilgan
qarorlar,
qonunlar,nizomlar, xalqaro hujjatlar, ariza, tilhat, ma‟lumotnoma,
shartnoma, chaqiruv qog„ozi,
taklifnoma, tavsifnoma, e‟lon, tarjimayi
hol, hisobot kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Bu uslubdagi nutq
boshqa uslublarga qaraganda ancha siqiq va chegaralangandir. Masalan,
Rasmiy-idoraviy uslubning ham o„ziga xos lug„aviy va grammatik
xususiyatlari mavjud: so„zlar o„z ma‟nosida ishlatiladi,
qisqartma
so„zlardan, har bir sohaning o„ziga xos atamalaridan foydalaniladi.
Chunonchi, sud jarayoni bilan bog„liq ish qog„ozlarida
Do'stlaringiz bilan baham: