bo„g„in
yozuvi bo„lib, u
fonografik
yozuv turiga kiradi (mil.av. 2-ming yilliklarning o„rtalarida
paydo bo„lgan). Bu yozuvda bo„g„inlar ierogliflardir. U yoki bu so„zni
yozishga to„g„ri kelsa, ana shu bo„g„inlarni bir-biriga qo„shish usulidan
foydalaniladi. Tildagi so„zlar soniga qaraganda bo„g„inlar soni ancha
kam, shuning uchun ham bo„g„in yozuvi logografik yozuviga nisbatan
sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko„radi. Masalan,
devonagari
(hind) yozuvi bo„g„in yozuvidir: ulardagi har bir ishora
undosh tovushlarning
a
unlisi bilan qo„shib talaffuz qilinishini
ko„rsatadi, ya‟ni
na, ga, sha
va h.z. Agar boshqa unlini talaffuz qilish
zarur bo„lsa, unda harflarning yo ustiga, yo tagiga ma‟lum belgilar
qo„yiladi. Devonagarida 50 ta belgi bor: 13 tasi unli va so„z yoki bo„g„in
boshida keluvchi diftongni, 33 tasi bo„g„inni ko„rsatadi. 4 ta yordamchi
248
belgi. Bo„g„in belgilari sillabogramma deyiladi. Bu yozuvdan Shimoliy
Hindiston hindilari foydalanadilar. Arab, misr, efiopiya, yapon (kana),
koreyscha (kunmun) yozuvlari ham bo„g„in- yozuv turiga kiradi.
Fonografik yozuv tizimini keyingi taraqqiyoti harf-tovush yozuvi
bo„lib, fanda inqilobiy hodisa sifatida e‟tirof etiladi. Bu yo„nalishdagi ilk
yozuv
finikiy
yozuvidir. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli
harflardan iborat mukammal alfavitning yuzaga kelishi jamiyatdagi
yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Bu jarayon
mil.av. 9-asrdan boshlangan. Hozirgi kunda bizga ma‟lum bo„lgan harf-
tovush tizimidagi yozuvlarning beshdan to„rt qismidan ko„prog„i finikiy
yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush tizimi, hozirda, asosan 4 xil yozuv
tizimidan iborat: lotin yozuvi (jahondagi 30 % aholi), slavyan – kirillitsa
(10%), arab yozuvi (10%), hind yozuvi (20%).
O„rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o„zbek xalqi turli yozuvlardan
foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, o„rxun-enasoy (runik),
turkiy (uyg„ur), sug„d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir.
Yozuvning, xususan harf-tovush tizimining takomillashuvi – alifboni
yuzaga keltirdi. Alifbo (arab alfavitining boshlang„ich ikki harfi – alif va
bo nomidan olingan) – biror tilning yozuviga qabul qilingan va ma‟lum
an‟anaviy tartib berilgan yozuv belgilari yoki bo„g„in belgilar
(devonagari) majmui bo„lib, mil.av. 2000-yillar oxirlarida qadimgi
Uyurit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Turkiy
xalqlarning runik va turkiy (uyg„ur) yozuvlari bo„lgan. Ammo bu o„ziga
xos turkiy yozuvlar alifbosi haqida ma‟lumot uchramaydi. Ularga oid
harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi
ma‟lumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Qadimgi
turkiy yozma yodgorliklariga turkiy run (o„rxun-enasoy), uyg„ur va
qisman moniy (monoviy), brahmon, sug„d va so„ryoniy yozuvlarida
yozilgan obidalar kiradi. Run va uyg„ur yozuvlari turkiy xalqlarga xos
yozuvdir. Toshga o„yib yozilgan run yozuvi XIX asr oxirida
Mo„g„ulistonning O„rxun daryosi bo„yida topilib, bu yozuvni dastlab
daniyalik tilshunos V.Tomson va rus turkologi V.Radlov aniqladi.
Hozirgi paytgacha o„rxun yozuvida yozilgan ko„plab tosh, idish, asbob,
tangalar, kitob, kitob varaqlari va ayrim qog„ozlar ham ma‟lum. Talas va
249
Yenisey obidalaridagi yozuv O„rxun obidalariga nisbatan harflarning,
shakliy variantlarining ko„pligi bilan farq qiladi.
Uyg„ur yozuvida yozilgan asarlarning hammasi ham qadimgi turk
davriga oid emas, chunki bu yozuv XVIII asrgacha qo„llandi. Uyg„ur
yozuvini Mahmud Qoshg„ariy “turk yozuvi” deb ataydi hamda bu
yozuvda 18 ta harf borligini va turkiy tillarda mavjud bo„lgan 7 ta tovush
(p, j (portlovchi), j (sirg„aluvchi), f, g„, ng, g) uchun maxsus harflar
yo„qligini, unlilarning esa arab tilidagidek harakatlar bilan emas, harflar
bilan ifodalanishini aytib o„tadi. Mahmud Qoshg„ariy turk (uyg„ur)
harflarining alohida va qo„shib yozilgandagi ko„rinishlarini bergan.
Yozuv taraqqiyotida grek yozuvi, lotin yozuvi va kirill yozuvi
muayyan sharoitlarda yuzaga keldi. Greklar dastlab konsonant yozuvidan
fodalanishgan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda vokal-tovush
namunalari uchraydi. Eramizgacha 403-yilda Evklid tomonidan Afinada
mumtoz grek alifbosi kiritildi. Qadimgi grek yozuvi 24 ta harfga ega (17
ta undosh va 7 ta unli).
Grek yozuvi asosida lotin alifbosi shakllandi. Sharqiy grek yozuvi
asosida esa kirill, gruzin va arman alifbolari yaratildi. Lotin yozuvi
G„arbiy Yevropada keng tarqaldi. XIV asrda qog„ozning paydo bo„lishi,
kitob nashr qilishning kashf etilishi bu yozuvning keng tarqalishida
muhim omil bo„ldi. Qadimgi lotin yozuvida 23ta harf bor edi (tovushlar
35ta bo„lgan: 16ta unli, 19ta undosh).
Slovyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo„ldi,
chunonchi, ikki ko„rinishda qo„llanila boshlandi: glagalitsa va kirillitsa.
Kirill yozuvi janubiy (bolgar, serb, makedon) va
sharqiy
slavyanlarga tarqaldi. Bu alifbolarning yaratilishi Kirill va Mefodiy (aka-
ukalar) nomlari bilan bog„liq. Kirill alifbosida 43 ta harf bor edi,
tovushlar esa 44ta: 11ta unli va 33ta undosh. Kirill yozuvi asosidagi
zamonaviy rus alfavitida 33ta harf, 43ta tovush: 6ta unli va 37ta undosh
mavjud.
Aslida, yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan to„la mos
keladigan jarayon emas. Tildagi u yoki bu o„zgarish tadrijiy ravishda,
asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb bo„lmaydi.
Odamlar, aniqrog„i xalqlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish
uchun yozuvga turli o„zgarishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv
250
tizimini boshqasi bilan almashtiradilar. Masalan, o„zbek xalqi asrlar
davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan. Ammo til tabiatimizga
to„liq mos kelmaydigan bu yozuvni mukammal egallash oddiy xalq
uchun ancha og„ir edi. Madrasani bitirganlarning aksariyati yozuvni
o„rgana olmay “Qur‟oni Karim”ni yod olardilar. Garchi xalqimiz mazkur
yozuvdan 1200 yil foydalangan bo„lsalarda, aholining savodlilik darajasi
me‟yordan past bo„lgan.
Jadidlarning sa‟y-harakati bilan O„zbekistonda 1929-yilda lotin
yozuvi asosidagi o„zbek alifbosiga o„tilgan. Olik til bo„lgan lotinlarning
yozuvini asos qilib olish ko„p mamlakatlarda urf bo„lgan, birinchidan, bu
yozuvni o„rganish nihoyatda oson, ikkinchidan, egasi bo„lmagan yozuv
xalqni mutelikdan saqlaydi.
Sho„rolarning mutelikka qaratilgan siyosati bois 1940-yildan kirill
yozuvi joriy etilgan. Garchi hozirgacha ham jamiyatimizning katta
avlodi mazkur yozuvdan foydalanayotgan bo„lsa-da, kirill yozuvi o„zbek
tilining tabiatiga mos emas.
Istiqlol sharofati bilan O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini joriy
etish to„g„risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunga va uni amalga
kiritish tartibi haqidagi O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil
6-mayda o„zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko„ra
lotin yozuviga asoslangan yangi o„zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar
qo„shilmasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |