ijtimoiy kelishuv nazariyasi
ham
paydo bo„ldi. Bu nazariya vakillarining fikricha, narsa- buyum,
voqea- hodisalarni nomlashda odamlar o„zaro kelishib olishgan. Bu fikr
ijtimoiy kelishuv nazariyasining ham asosi aniq emasligini ko„rsatib
193
turibdi. Vaholanki, o„zaro kelishuv vositasi, asosan, tildir. O„zaro
ijtimoiy kelishuv uchun insonda yuqori darajada rivojlangan tafakkur va
til bo„lmog„i zarur. Bu nazariya tilning paydo bo„lishini emas, balki til
rivojlanishining ba‟zi tomonlarinigina ko„rsatib bera oladi, xolos.
Yuqorida sanab o„tilgan nazariyalarning hech biri tilning paydo
bo„lishi masalasini inson, tafakkur va jamiyatning paydo bo„lishi bilan
bog„lab o„rganmaydi. Shunga ko„ra, ular tilning kelib chiqishi va
rivojlanishi masalasini to„g„ri yoritishga ojizdir. Bu masalaga XIX asr
oxiri XX asr boshlarida paydo bo„lgan dialektik
matearializm
asoschilari, yuqoridagilardan farqli o„laroq, bir qadar to„g„ri
yondashadilar. Dialektik materializm oqimining namoyandalari nemis
olimlari K.Marks va F.Engelslar bo„lib, ular “Maymunning odamga
aylanish protsessida mehnatning roli”, “Oila, xususiy mulk va davlatning
kelib chiqishi” kabi qator asarlarida tilning paydo bo„lishi muammosiga
katta e‟tibor qaratganlar. Ularning yozishlaricha, bundan taxminan bir
million yillar muqaddam yer yuzida odamsimon maymunlarning juda
taraqqiy etgan nasli yashagan. Ular, odatda, yerda yurishgan, oldingi ikki
oyoqlari qo„l vazifasini bajargan. Odamsimon maymunlar oldingi
oyoqlari bilan dastlab tabiatdagi tayyor predmetlardan qurol sifatida
foydalanganlar va ko„proq tik yurishni o„rgana boshlaganlar. Tik yurish
asta-sekin ular uchun hayotiy zaruratga aylangan, shu tariqa ozod
bo„lgan qo„l borgan sari ko„proq va turli-tuman ishlarni bajarishga
moslashgan. Kishilik jamiyatining, til va tafakkurning paydo bo„lishi
mehnat tufayli maymunning odamga aylanishi bilan bog„liq.
Bu nazariya bir qancha asosli biologik va sotsial faktorlarga tayanib,
ilmiy farazlar qiladi. Hozirgi tarix, antropologiya kabi ko„pgina fanlar
odam, jamiyat, til, tafakkur va nutqning paydo bo„lishi to„g„risidagi
talqinlarda shu ilmiy farazlardan foydalanadi. Biroq, shuni ham
ta‟kidlash zarurki, keyingi yuz yillar davomida odamsimon maymunlar
ustida olib borilayotgan maxsus tajribalar “odam odamsimon
maymunlardan tarqalgan” degan fikrni bir qadar rad etmoqda.
Diniy ta‟limotga oid muqaddas kitoblarda esa til insoniyatga olloh
tomonidan in‟om etilgan ne‟matdir, mazmunidagi fikrlar ilgari suriladi.
Demak, mazkur muammo mifologik dunyoqarash davrida ham, diniy va
ilohiy qarashlar zamirida ham o„z aksini topgan va o„ziga xos ravishda
194
o„z yechimiga ega bo„lgan ham. Ildizlari eramizdan oldingi uzoq ming
yilliklarga borib taqaladigan qadimgi Hind va Chin, Misr va Bobul, Eron
va Yunon asotir va rivoyatlarida ham, qo„shiq va ertaklarida ham
Do'stlaringiz bilan baham: |