Abuzalova M



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

daraxt 
misoliga qaytamiz. 
Daraxt
ning shakl tomoni bizga ma‟lum: 
qattiq tanali o„simlik. 
Daraxt 
nima uchun kerak? 
a)
soya soladi; 
b)
meva beradi; 
v) yog„och beradi... 
Mana shu vazifalar 
daraxt
ning mazmun tomonidir, ya‟ni vazifasidir. 
Nutqiy hosilalarning mazmuni turli nutqiy sharoitda qanchalik 
xilma - xil bo„lmasin, ma‟lum bir lisoniy umumiylik ma‟nosining 
tajallisidir. Masalan, bir oddiy 
piyola 
ham ichish quroli, ham o„lchov 
andazasi, ham aylana chizish mumkin... Lekin 
piyola
ning umumiy 
mazmuni-choy yoki boshqa suyuqlik ichish uchun mo„ljallangan 
o„zbek milliy ro„zg„or buyumi. Ongimizda 
piyola 
mana shunday 
yashaydi. Chunki "nutqdagi xususiy ma‟nolar lisondagi umumiy 
ma'nolarning tajallisi" [1,11;]. Umumiy ma‟no ma‟lum bir fonema, 
morfema, leksemaning paradigmadagi o„rni,mavqeidan ochiladi. 
Masalan, leksemalardagi umumiy ma‟no shu leksemaning o„zi 
munosabatdosh bo„lgan leksemalar qatoridan anglashiladi. 
"Ota" 
leksemasi ongimizda quyidagi paradigmada yashaydi va UGMsi 
o„shandan ochiladi: 
/bobo/: /buvi/ 
/ona/ : /ota/ 

/bola/ 

/nevara/ 

Ushbu paradigmadan 
"ota" 
so„zining UGMsi kelib chiqadi: 
birinchi avlod, bevosita qon-qarindosh, katta, erkak. Leksemalardagi 
UGM s e m e m a deyiladi. Demak, umumiylikning mohiyati ma‟lum 
bir umumiylikni o„ziga o„xshash va farqli umumiyliklar bilan 
munosabatidagina ochilishi mumkin. 
Sh. Shahobiddinova ishida XGM va UGMlar atroflicha talqin 
qilingan. Jumladan, son kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari. 
[-lar] 
ning XGMlari: 
a)
ko„plik - 
Unda shirin - shirin bananlar bor 
(Sh. Yul.); 


137 
b)
 
jamlik 
- ishchilar sinfi - ishchi sinfi; 
d)
bog„liqlik va o„xshashlik - 
Avvalgi sarvigullar o„qishni 
tugatishdi 
(Sh. Yul.); 
e)
 
taxmin 
- Soat beshlarda keldi; 
f)
kuchaytirilgan ma‟no
- Tillarimga 
ko„cholmaydi 
bo„g„zimdagi azobim... 
(U. Azimov). 
[
o
] shakl XGM lari: 
a)
jamlik - 
Gadoning dushmani gado bo„ladi 
(A.O.); 
b)
ko„plik - 
Majlisga yigirma kishi keldi 
(aniq ko„plik); 

qishloqda uch 

to„rt kun qoldi 
(noaniq ko„plik); 
d)
birlik ifodalash - bunda ko„rsatish olmoshlari, 
"bir" 
so„zi 
ko„proq ishtirok etadi: 
Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, 
mening maqsadim bitta... 
(O.Matjon). 
Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni 
ko„rsatish mumkin: 
[-lar] 
UGMsi─bo„linuvchan/ bo„linmas sifat va 
noaniq miqdor ifodalash. [
o
] UGMsi ─ bo„linmas va aniq/ noaniq 
miqdor ifodalash. 
Bo„linuvchanlik/ bo„linmaslik deganda, quyidagini tushunish kerak: 
har bir xususiylik alohidalik ekanligini ko„rib o„tdik. 
"Qovunlar" 
degan 
so„zshakli bir necha qovunlarni atab keladi.
"Qovunlar" 
so„zshakli bir 
to„plamni ifodalaydi va u bir necha alohidaliklarga bo„linadi. 
"Ahmadlar" 
deganda 
Ahmad va unuing o„rtoqlari, 
oilasi... tushuniladi. 
Ya‟ni 
Ahmadlar 
bir to„plamni ifodalaydi va bu to„plam bo„linuvchan. 
"
Suvlarni stolga qo„ydi" 
deganda kola, mineral suvlar... tishuniladi. 
"Toshkentlarni kezib chiqdi" 
so„zshakl Toshkentni bo„lib beryapti, 
tumanlari hisobga olingan. 
"Tillarimga ko„cholmaydi bo„g„zimdagi 
azobim" 
misrasida til, gap, so„z, og„iz ajratib berilgan. Shuning uchun 
"ishchi sinfi" 
va 
"ishchilar sinfi"; "o„qituvchi odati" 
va 
"o„qituvchilar 
odati" 
kabi so„z birikmalarida birlik va ko„plik son ma‟nolari 
yaqinlashsa ham, orasida nozik farq bor
. "Ishchilar"
da sifatiy 
bo„linuvchanlik sezilib turadi. Birlik sonda yaxlitlik ma‟nosi 
ko„proqdir. Demak, bir jihatdan birlik va ko„plik son ko„plik sonning 
bo„linuvchanlikni ta‟kidlashi, birlik sonning esa yaxlitlikni ko„rsatishi 
bilan qarama-qarshi turadi. Miqdoriy jihatdan esa birlik son birlik, 
aniq/noaniq miqdorni ifodalay olishi bilan hamisha noaniq miqdoriy 


138 
ko„plikni ifodalovchi ko„plik son shakliga qarama - qarshi turadi. 
Shuning uchun "
Bu kitobni ol", "Stol ustida to„rt kitob bor", "Kitob - 
bilim manbai" 
gaplarida 3 xil ma‟no voqelangan: 
Kitoblar 
so„zshakli 
hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi. Quyidagi gaplarni 
qiyoslang: 
Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi; 
O„ninchi yil (yillar)da tug„ildi. 
Shuning uchun birlik sonning umumiy grammatik ma‟nosi 
quyidagicha ko„rsatilishi mumkin: birlik ─ aniq yo noaniq miqdorni 
bo„linuvchan/ bo„inmas 
ma‟noda berish. Ko„plik sonning ma'nosi ─ noaniq miqdoriy 
ko„plikni bo„linuvchan sifatda berish. Mana shu umumiy grammatik 
ma‟nolar bilan birlik va ko„plik morfologik son shakllari til 
tizimida, ongimizda yashaydi. Bu umumiy ma‟nolar nutqda muayyan 
moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi. 
Ko„rib o„tdikki, 
daraxt 
umumiyligi o„ta sodda va u "o„simlik + 
tana + shox"dan iborat, xolos. Lekin borliqdagi milliard 
daraxt 
behad 
rang - barang. Xuddi shunday ko„plik sonning ma‟nosi "miqdoriy 
noaniq ko„plik + sifatiy bo„linuvchanlik" kabi soddadir. Nutqda esa u 
milliard xususiy ko„rinishlarda voqelanadi. Birlik sonining ma‟nosi 
"miqdoriy aniq/noaniq ko„plik + sifatiy bo„linmas" kabidir. Lekin 
yuqorida ko„rsatilgan UGM nutqda XGM sifatida voqelanar ekan, 
u umumiylik bilan xususiylik orasida oraliq ma‟nolar yotadi. Oraliq 
ma‟nolar xususiy ma‟nolar uchun ma‟no tiplari, ya‟ni "o„xshash 
ma‟nolar majmuasi", UGM uchun esa "umumiylikning ko„rinishlari", 
turlari mavqeida bo„ladi. Chunonchi, birlik sonning UGMsi "aniq / 
noaniq va birlik" kabi ma‟nolarni o„z ichiga oladi. Va UGM XGM 
sifatida voqelanguncha yuqorida ko„rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik 
kabi uch OGM ma‟noning biridan o„tadi. Chunonchi, 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish