Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


Turboagregatlariga xizmat ko‘rsatish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

Turboagregatlariga xizmat ko‘rsatish
1. Korob tashqarisida joylashtirilgan moy quvurlari qizdirilgan yuzalardan metall
himoya ekranlari bilan ajratilgan bo‘lishi kerak, ularning flanetslari esa maxsus g‘iloflar
bilan qoplangan bo‘lishi va ulardan moy xavfsiz joyga quyilishi kerak. Flanetsli
birikmalarning g‘iloflari flanetslarni, shuningdek, ularning yonidagi payvandlash
choklarini va choklardan uzunligi 100 — 120 mm masofada bo‘lgan quvur
uchastkalarini qoplab olgan bo‘lishi kerak.
2. Rotorning aylanish chastotasini ko‘paytirish bilan xavfsizlik avtomatini tekshirishdan
oldin uni aylanishning nominal chastotasida qo‘l bilan uzishi va stopor, hamda
rostlovchi klapanlar yopilishi tekshirilgan bo‘lishi kerak. Stopor va rostlovchi klapanlar
qoniqarsiz yopilsa, xavfsizlik avtomatini aylanish chastotasini ko‘paytirish bilan
tekshirish man etiladi.
3. Agar xavfsizlik avtomati tekshirilayotganda turbina rotorining aylanish chastotasi
xavfsizlik avtomati ishlashi darajasigacha etganda avtomat ishlamasa, turbina zudlik
bilan qo‘l uzgichi bilan to‘xtatilishi kerak. Ko‘l uzgichi ishlamay qolsa, turbina tezlik
bilan rostlovchi klapanni va bosh bug‘ surilma qopqog‘ini (baypasni) yopish bilan
to‘xtatilishi kerak.
Aylanish chastotasini ko‘paytirish bilan xavfsizlik avtomatini qaytadan sinash, faqat
nuqsonlar aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyin ruxsat etiladi.
4. Rostlash va bug‘ni taqsimlash tizimida nuqsonlar mavjud bo‘lsa turbinani ishga
tushirish man etiladi.
5. Agar qopqoqni ko‘tarish vaqti qiyshayish yoki qadalish aniqlansa, qopqoq tushirilishi
kerak va uni ilgakka mustahkamlanishi troslarni tortish yoki bo‘shatish yo‘li bilan
tekislanishi kerak. Troslarni uzunligi gaykalar yoki ko‘tarish moslamasining talreplari
bilan rostlanishi kerak.
6. Silindr qopqog‘ini ko‘tarishda u bilan birga zichlovchi oboymalar ko‘tarilmasligini
kuzatib turish kerak, agar ular konstruksiyasi bo‘yicha silindr qopqog‘iga


mustahkamlanmagan bo‘lsa va balandloq ko‘tarilganda turtishlardan ular tushib ketish
ehtimoli istisno etilmagan bo‘lsa. Agar qopqoq biroz balandlikka ko‘tarilganda
qo‘rg‘oshin kuvaldalari bilan qopqoqqa urib oboymalarni tushirish iloji bo‘lmasa,
qopqoqni tagliklarga qo‘yish va oboymalarni unga mustahkamlab qo‘yish zarur.
7. Diafragmalar, konstruksiya bo‘yicha, silindr qopqog‘iga mustahkamlangan vaziyatda
va biroz yuqoriga ko‘tarilganda, diafragmaning yuqori yarmini mahkamlovchi
shuruplar uzilgani aniqlangan bo‘lsa, unda ko‘tarishni to‘xtatish kerak.
Bu vaziyatda silindr qopqog‘i diafragmani mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan
balandlikka ko‘tarilishi va taglikka o‘rnatilishi kerak. Diafragma mustahkamlangandan
keyin turbina silindri qopqog‘ini ko‘tarish va tashishni davom ettirish mumkin.
8. Ko‘tarilgan diafragma ostida, diafragma o‘rnatiladigan joylarini, shuningdek osib
qo‘yilgan diafragmalarni tozalash va moylash man etiladi.
9. Osib qo‘yilgan silindr qopqog‘ining ostida silindrning pastki yarmini shaberlash man
etiladi. Bu ishni silindr qopqog‘i xavfsiz joyga olib borib qo‘yilganda yoki tagliklarga
o‘rnatilganda bajarish kerak.
10. Turbina silindriga biriktirilgan barcha bug‘ quvurlari va drenajlarning teshiklari, u
ochilgan zahoti yog‘och tiqinlar va qopqoqlar bilan yopilgan bo‘lishi kerak, kondensator
bo‘g‘izi teshiklari esa mustahkam yog‘och shchitlari bilan yopilishi kerak.
11. Elektrpayvandlashni qo‘llash bilan turbinaning nuqsonli kurakchalari chiqarib
olinayotganda rotor yerga ulangan bo‘lishi kerak. Turbinaning nuqsonli kurakchalarini
yuk ko‘taruvchi kran yordamida chiqarib olish man etiladi.
12. Podshipniklarni ochishda va yopishda quyidagilar zarur:
qopqoqlar va ichqo‘ymalarni to‘liq burab kirgizilgan (to‘xtab qolguncha) va qopqoq
yuzasiga zich joylashgan rim-boltlarga stroplar bilan stroplash;
yarim muftalar bo‘yicha markazlash vaqtida podshipnikning pastki ichquymasini
chiqarishda, rotorni biroz ko‘tarish uchun podshipnikning ajratish joyida o‘rnatilgan
skobani ishlatish. Ichqo‘ymani lomcha va rim-boltlar yordamida burab chiqarish lozim.
Ichquymaning chetlarini qo‘l bilan ushlash man etiladi. Korpus rastochkasini artish
faqat ichqo‘yma sirg‘anib tushishiga qarshi choralar ko‘rilgandan keyin ruxsat etiladi.
Ichqo‘ymani tegishlicha mahkamlamasdan tayanch podshipnigining ichqo‘ymasi
ostidagi qistirmani almashtirish man etiladi.
13. Turbina rotorini chiqarish va o‘rnatishni maxsus moslama bilan bajarish kerak.
Ko‘tarishni boshlashdan oldin qo‘shni rotorlarning yarim muftalari shungacha surilishi
kerakki birinchi yarmining turtib chiqqan joyi ikkinchisining zatochkasidan chiqsin.
Ko‘tarilayotganda kran troslarni tortganidan keyin rotor gorizontal holatda bo‘lishi
kerak, bu ko‘tarishni boshlashda rotor bo‘yinlarini ichqo‘ymalardan bir vaqtda ajralishi
bo‘yicha aniklanadi, biroz ko‘tarilgandan keyin esa — val bo‘yinlarining biriga
o‘rnatiladigan sath bo‘yicha aniqlanadi.
Qiyshayganda, qadalganda va tegib qolganda rotorni ko‘tarish darhol to‘xtatilishi kerak.
14. Rostlash va himoya qurilmalarini qismlarga ajratishda quyidagilar zarur:
avtomatik stopor klapani qismlarga ajratilayotganda kolonka razyemida ikki diametral
qarama-qarshi boltlarni burab chiqarish, ularning o‘rniga ikkita butun uzunligi bo‘yicha
o‘yiqli uzunlashtirilgan chiziqli shpilkalarni o‘rnatish va faqat shundan keyin, ehtiyotlik
bilan o‘yiqli uzun shpilkalar bilan prujinani bo‘shatib, boshqa boltlarni burab chiqarish;
oxirigacha burab kiritilgan biriktirilgan yarim muftaga strorejagandan keyin drossel
klapanini chiqarib olish; klapanning shtoki va chetlarini ushlash man etiladi;
markazdan qochma rostlagich qismlarga ajratilayotganda prujinalarini ikki tomondan
bir tekisda bo‘shatish.
15. Stanokda turbina rotori balansirlashtirilganda tasmali uzatmani qo‘llash man etiladi.
Dvigatelning rotori balansirlashtirilayotgan rotor bilan harakatda, yengil ajratiladigan
siljuvchi mufta orqali, ulangan bo‘lishi kerak. Namunaviy yuklar mahkamlanadigan
joylarning qarshisida to‘suvchi shchitlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.


Turbina rotorlarini stanokda yoki o‘zining podshipniklarida balansirlashtrilayotgan
vaqtda balansirovka joyi to‘silgan bo‘lishi kerak.
Elektr stansiyalar va issiqlik
tarmoqlarining issiqlik mexanika
uskunalarini ekspluatatsiya
qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalariga
14-ILOVA

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish