asboblar, inventarlar, himoya vositalari, takellaj moslamalari mavjudligi,
sozligi va
qo‘llanishi uchun;
ish joyida o‘rnatilgan to‘siqlar, xavfsizlik belgilari, qulflovchi qurilmalari saqlanishi
uchun.
Ishboshi, brigadaga rahbarlikni amalga oshirib, ishlashga bevosita ishtirok etishi
mumkin emas, agar uni bajarilishi brigada a’zolari ustidan uzluksiz nazorat qilishni
talab qilsa.
133. Umumiy naryadlar bo‘yicha ishboshi qilib, oraliq naryadlar bo‘yicha ish rahbarlari
bo‘lishi mumkin bo‘lgan korxona bo‘linmalari va pudrat tashkilotlarining muhandis —
texnik xodimlari tayinlanishi mumkin.
Naryadlar, oraliq naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ishboshi qilib IV razryaddan past
bo‘lmagan malakaga ega bo‘lgan korxona bo‘linmalari va pudrat tashkilotlarining
xodimlari tayinlanishi mumkin.
Yordamchi uskunalarni ta’mirlashda ishboshi qilib III razryadga ega bo‘lgan ishchilarni
tayinlashga ruxsat etiladi.
134. Ish joyini tayyorlovchi navbatchi yoki operativ ta’mirlash xodimlari tarkibidan
tayinlangan shaxs, yuqori turgan navbatchi xodimlar tomonidan va naryad hamda
uskunani ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma
bilan belgilangan ish joyini
tayyorlash bo‘yicha (uskunalarni tarmoqdan uzish, drenajlar va vozdushniklar ochilishi,
armaturalarni zanjirlar bilan boylash va ularni qulflash, to‘siqlar o‘rnatilishi, plakatlar
yoki xavfsizlik belgilarini osish va b.) chora-tadbirlarning to‘g‘ri va aniq bajarilishi
uchun javob beradi.
135. Ishlashga ijozat beruvchi quyidagilar uchun javob beradi:
ish joylarining to‘g‘ri tayyorlanishi uchun, ishlarni bajarishda zarur bo‘lgan, ularning
xususiyatiga hamda bajarish joyiga muvofiq ko‘rilgan xavfsizlik choralarining
yetarliyligi uchun;
ishlashga to‘g‘ri ijozat berilishi hamda ish rahbariga, ishboshiga va kuzatuvchiga
berilgan yo‘riqnomaning to‘laligi uchun.
136. Umumiy naryadlar bo‘yicha ishlashga ijozat beruvchi sex (uchastka) smenasi
boshlig‘i bo‘ladi. Sex (uchastka) smenasining boshlig‘i lavozimi bo‘lmagan
hollarda
ishlashga ijozat beruvchi ushbu sexning (uchastkaning) katta navbatchisi bo‘ladi.
Naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ishlashga birinchi marta ijozat berish sex (uchastka)
smenasining boshlig‘i yoki uning ruxsati bilan uning tasarrufidagi, bosh muhandisi
tasdiqlagan ro‘yxatga muvofiq ushbu uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Issiqlik tarmoqlarida rayonning muhandis-texnik xodimlari (usta, katta usta, muhandis,
rayon boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari) va ushbu uchastkadagi (uskunalardagi) ish
rahbari ishlashga ijozat beruvchi bo‘lishlari mumkin. Issiqlik tarmog‘ida rayonlash
mavjud bo‘lmaganda korxona direktori va uning o‘rinbosari ham ishlashga ijozat
beruvchi bo‘lishlari mumkin.
137. Uzoqda joylashgan obyektda ushbu obyektning navbatchisi umumiy naryadlar,
naryad va farmoyish bo‘yicha ishlashga ijozat beruvchi bo‘ladi. Uzoqdagi obyektda
navbatchi bo‘lmagan taqdirda, ishlashga ijozat berishni sex (rayon, uchastka) smena
boshlig‘i yoki uning tasarrufidagi xodim amalga oshiradi.
138. Naryadlar (oraliq naryaddan tashqari) bo‘yicha ishlarni har kuni davom ettirish,
shuningdek brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish uchun sex (smena) boshlig‘i yoki uning
o‘rnini bosuvchi shaxsning ruxsati bilan quyidagilar ishlashga ijozat beruvchi bo‘lishlari
mumkin:
uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi, uning tasarrufidagi
navbatchi xodim;
issiqlik tarmog‘i uchastkasida ishlarni bajarishda ish rahbari (ishboshi).
Yuqorida ko‘rsatilgan xodimlar bo‘lmaganda, shuningdek ishlar uzoqdagi obyektlarda
(qirg‘oq nasoslari va b.) bajarilishida ishlarni har kuni davom ettirish uchun ijozat
beruvchi uzoq obyektdagi navbatchilar tarkibidan yoki sex (rayon, uchastka) smena
boshlig‘i tomonidan vakolat berilgan shaxslar hisobidan tayinlanishi mumkin.
139. Bir shaxs tomonidan ikki shaxsning majburiyatini o‘rindoshlik asosida bajarishga
ruxsat etiladi, agar bu shaxs, o‘rnini bosayotgan shaxslar majburiyatini bajarish
huquqiga ega bo‘lsa hamda ushbu vakolatlarni belgilovchi ro‘yxatlarning har biriga
kiritilgan bo‘lsa.
Ishlar bajarilayotgan o‘rindoshlik asosida quyidagi majburiyatlarni bajarishga ruxsat
etiladi:
naryad (farmoyish) beruvchi va ishlar rahbari;
ishlar
rahbari va ishboshi, agar unga faqat bitta naryad berilgan bo‘lsa;
issiqlik ta’minotlarida ishlar rahbari va ijozat beruvchi.
Shu bilan birga, mazkur qoidalarning 138 va 140-bandlarida ko‘rsatilgan vaziyatlardan
tashqari hollarda, ishboshi va ijozat beruvchining majburiyatlarini o‘rindoshlik asosida
bajarish man etiladi.
140. Umumiy naryad bo‘yicha ishboshi, oraliq naryadi bo‘yicha ishlashga ijozat
beruvchining majburiyatlarini bajaradi, u bir vaqtning o‘zida ushbu oraliq naryadi
bo‘yicha uning uchastkasida va smenasida ishlar bajarilishi mo‘ljallangan oraliq naryad
bo‘yicha ish rahbari bo‘lib hisoblanadi.
141. Kuzatuvchi naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlab turgan uskunalarning bevosita
yaqinida ish bajarayotgan vaqtida qurilish ishchilari, turli ishchilar, yuk ortuvchilar va
boshqa shaxslar brigadalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tayinlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ishlar bajarilayotganda kuzatuvchini tayinlash zaruriyati naryad
beruvchi tomonidan belgilanadi.
Kuzatuvchi qilib ishboshi bo‘lish huquqiga ega bo‘lganlar yoki navbatchi xodimlardan
bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
Kuzatuvchi tayinlanganda naryadning “Ishboshi (kuzatuvchi)” satriga satri ostidagi
matnga tegishli bo‘lgan ishboshining va qavs ichida nazorat qiluvchining familiyasi,
initsiallari,
lavozimi, razryadi yoziladi. Kuzatuvchi naryadning “Ishboshi” satrida
ishboshi imzosidan keyin imzo chekadi.
142. Kuzatuvchi ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilayotganda, uning to‘g‘ri
tayyorlanganligini va ishlarni bajarish uchun ushbu Qoidalarga muvofiq zarur xavfsizlik
choralari bajarilganligini tekshiradi.
Kuzatuvchi brigada a’zolariga ishlab turgan texnologik uskunalar tomonidan ishlab
chiqarish omillari ta’sir qilganda ularning xavfsizligi uchun javob beradi (ishchilar
ishlab turgan uskunalar va kommunikatsiyalarga xavfli masofaga yaqin kelmasligini
kuzatadi, xodimlar ish joyiga xavfsiz o‘tishini hamda to‘siqlar va ogohlantiruvchi
belgilar saqlanishini ta’minlaydi).
Bevosita ishlar bajarilayotganda ishlayotganlarning xavfsizligi uchun ishboshi javobgar,
u doimo ish joyida bo‘lishi kerak.
Kuzatuvchiga ishni kuzatish bilan bir vaqtda boshqa qandaydir ishlarni bajarish man
etiladi.
143. Brigada a’zolari quyidagilar uchun javob beradi:
ishlashga ijozat berishdan oldin va ishlash vaqtida olgan yo‘riqnoma bo‘yicha mehnatni
muhofaza qilish talablarining va xavfsizlik choralari bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarning
bajarilishi uchun;
berilgan himoyalash vositalari, maxsus kiyimlarning qo‘llanishi va foydalanayotgan
asboblar
va moslamalar sozligi uchun;
ishlar bajarilayotganda xavfsizlik shartlariga aniq rioya qilinishi uchun;
qulflovchi qurilmalar va xavfsizlik belgilari saqlanishi uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: