198. Elektrlashtirilgan temir yo‘lning yaqinida ochiq harakatlanuvchi poyezdda yuklarni
ortish-tushirish ishlari bajarilayotganda, ishlayotganlar va ular foydalanilayotgan
asboblar, shuningdek ortilayotgan (tushirilayotgan) yuklar kuchlanish ostidagi kontakt
tarmog‘ining tok o‘tkazuvchi qismlariga 2 mdan kam bo‘lmagan masofaga yaqin
kelmasliklarini kuzatib turish shart.
Kontakt tarmoqlarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan 2-4 m masofada joylashtirilgan
harakat qiluvchi poyezdda kuchlanish olinmasdan va kontakt tarmog‘ini yerga
ulamasdan ishlashga, faqat maxsus ajratilgan shaxs kuzatuvi ostida ruxsat beriladi.
4 m masofadan ortiq joyda ishlaganda kuzatib turish talab qilinmaydi.
Yoqilg‘i yuklangan vagonlar va sisternalardan, shuningdek kislota va ishqorlar
yuklangan vagonlardan kontakt tarmog‘i simlari ostida yuk tushirish man etiladi.
199. Avtomobil-samosval, avtomobil-sisterna va boshqa ixtisoslashtirilgan avtomobillar,
o‘zi yuruvchi mashinalar va konstruksiyasi odamlarni tashishga moslanmagan
mexanizmlarning kabinasidan tashqarida, shuningdek yuk tirkamasida (yarim
tirkamasida) va yuk tashuvchi motorellerlarda odamlarni tashish man etiladi.
200. Barcha turdagi transport vositalari va mexanizmlarning haydovchilari
(mashinistlari) kim tomonidan berilishidan qat’iy nazar “stop” signalini bajarishlari
shart.
201. Portlovchi, yonuvchi, kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli, oson alangalanuvchi va boshqa
xavfli yuklarni, shuningdek ularning zararsizlantirilmagan taralarini tashish “Yo‘l
harakati qoidalari” va “Avtomobil tarnsportida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
qoidalarga” muvofiq amalga oshirilishi shart.
202. Sisternalardan kislotalar va boshqa xavfli yuklarni quyib olish yoki ularni taralar
bilan tushirish mazkur Qoidalarning 17-ilovasini 1-bandi talablariga muvofiq amalga
oshiriladi.
203. Kislotali, ishqorli va suyuq yonmas ximikatlarning butillarini mazkur Qoidalarning
53-bandi talablariga muvofiq savatchalar yoki yog‘och panjaralarda tashish zarur.
Butillar avtomobil kuzovida o‘rnatilgan va zichlab yopilgan bo‘lishi shart.
Butilli savatlarni (yoki panjaralarni) birini-biri ustida (ikki qatorda) tashish vaqtida
sinishdan birinchi qatorni saqlovchi mustahkam qistirmasiz o‘rnatish man etiladi.
Yonuvchi suyuqliklarni avtomobillarda butillarda, bidonlarda, chelaklarda va ularga
o‘xshash idishlarda tashish man etiladi; bu maqsad uchun probkasi zich yopiladigan
metall taradan foydalanish zarur.
204. Xavfli va og‘ir vaznli yuklarni tashish, shuningdek transport vositasini harakat
qilishi, agar uning o‘lchamlaridan biri (yuk bilan yoki yuksiz) quyidagilardan ortiq
bo‘lsa: balandligi bo‘yicha yo‘l yuzasidan 3,8 m, kengligi bo‘yicha — 2,5 m, uzunligi
bo‘yicha — 20 m bir tirkamali (yarim tirkamali) avtopoyezd uchun, 24 m ikki va undan
ortiq tirkamali avtopoyezd uchun yoki yuk transporti vositasi gabaritining orqa
nuqtasidan 2 m dan ortiq chiqib turgan bo‘lsa, “Ichki Ishlar Boshqarmasi. Yo‘l harakati
xavfsizligining Bosh boshqarmasi”dan ruxsat olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
205. Yuk ortuvchi (avto va elektr yuk ortuvchi) mexanizmlarni boshqarishga 18 dan
yosh bo‘lmagan, yuk ortuvchi mexanizmlarning tuzilishi va ekspluatatsiya qilinishi
bo‘yicha o‘qitilgan va ularni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan
shaxslarga ruxsat etiladi. Elektr yuk ortuvchi mexanizmlarning haydovchilari elektr
xavfsizligi bo‘yicha II guruhga ega bo‘lishlari shart.
Yuk ortuvchilarni ekspluatatsiya qilinishi ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasiga
muvofiq amalga oshirilishi shart.
206. Og‘irliklarni mexanizatsiyalashgan usulda yuklash, tushirish va joydan -joyga
ko‘chirish mazkur Qoidalarning 8-ilovasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: