Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Misr  ham birinchilardan bo‘lib o‘z musta- qilligini yo‘qotdi.  1517-yil



Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/259
Sana09.02.2022
Hajmi7,71 Mb.
#438130
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   259
Bog'liq
8 синф жахон тарих

Misr 
ham birinchilardan bo‘lib o‘z musta-
qilligini yo‘qotdi. 
1517-yil
ning boshida Salim I armiyasi Misrning
poytaxti Qohirani egallab, uni taladi va vayron qildi.
Òurklar istilosi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosa-
batlarga katta o‘zgarish kiritmadi. Faqat mamluklarning siyosiy ho-
kimiyati ag‘darilib, barcha feodallar o‘z mulklari va imtiyozlarini saq-
lab qoldilar. Misr alohida podsholik maqomini oldi va amalda yarim
mustaqil davlat edi. Mahalliy boshqaruv hokimiyati to‘liq mamluk
amirlarining qo‘lida saqlanib qoldi. Òurklar mamluklarning boshqaruv
mahoratidan, mahalliy sharoitni, aholining urf-odatlarini yaxshi bili-
shidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar.
Misrda ishlab chiqarish texnikasi hali o‘ta oddiy bo‘lsa-da, manu-
fakturalardagi ichki mehnat taqsimoti mahsulotlarning ko‘payishiga
olib keldi. Natijada, ichki va tashqi savdo tez rivojlandi. Misr Yevropa
va qo‘shni Osiyo davlatlari bilan qizg‘in savdo munosabatlarini olib
bordi. XVIII asr oxiriga kelib, faqat Qohira shahrining o‘zini hisob-
laganda chet ellar bilan savdo qiladigan 5 mingta savdogar faoliyat
yuritardi.
http://eduportal.uz


93
XVIII asrning 60-yillarida boshlangan mamluk zodagonlarining
o‘zaro urushlari Misrning iqtisodiy ahvoliga yomon ta’sir ko‘rsatdi.
Ularning o‘zboshimchaligi, dehqon va hunarmandlar ustidan qilgan
zolimliklari mamlakatda norozilikni keskin kuchaytirdi. Òurk hukm-
ronligi va mamluklar zulmiga qarshi boshlangan xalq harakatiga
Qohiradagi al-Azhar masjidining taniqli shayxlari boshchilik qildilar.
Ularning da’vati bilan 
1795-yilning
yozida qohiralik hunarmand va
savdogarlar o‘z do‘konlarini yopdilar. Mamluk hukmdorlari shayxlar
bilan muzokaralar boshlashga majbur bo‘ldi hamda zo‘ravonlik va qo-
nunsizliklarni to‘xtatishga va’da berdi.
1798-yili
Napoleon boshchiligidagi fransuz qo‘shinlari Misrga
bostirib kirdi va Qohirani zabt etdi. Al-Azhar masjidi shu davrda
boshlangan fransuz bosqiniga qarshi xalq harakatining ham markaziga
aylandi. 1800-yili fransuzlar Misrni tark etishga majbur bo‘ldilar.
XVI asr boshida ispanlar 
Jazoir
ga bostirib kirib, uning qirg‘oq
bo‘yi hududlarini egallab oldi. Ispanlarga qarshi xalq harakatiga
boshchilik qilgan sarkarda Xayriddin yordam so‘rab Òurkiyaga mu-
rojaat qildi. Usmoniylar sultoni Salim I Shimoliy Afrikada o‘rnashib
olish uchun paytdan foydalanishga urindi va Xayriddinga beklarbegi
(beylerbeyi) unvonini berdi. Jazoirga yirik yanicharlar korpusini, har-
biy kemalar, artilleriya va moliyaviy yordam jo‘natdi. Òurklarning
yordamiga tayangan Xayriddin birin-ketin Jazoir shaharlarini ispan-
lardan ozod qildi. Jazoir rasman Istanbulga bo‘ysunsa-da, mamlakat
podshosi deyarli mustaqil siyosat olib bordi.
XVI asrdan 
Liviya
ga ham yevropaliklarning kirib kelishi boshlan-
di. 1510-yili Òripoli ispanlar tomonidan zabt etildi. Liviyaliklar
ham yordam so‘rab sulton Salim I ga murojaat qildi. Musul-
monlarni ozod qilish shiori ostida harakat qilgan turklar 
1551-yili
butun Liviyani imperiyaga qo‘shib oldi. XVIII asrdan boshlab,
Liviya nomigagina Istanbulga bo‘ysunib, mustaqil ichki va tashqi
siyosat olib bordi.
XVI asrdan boshlab, ispanlar va turklar 

Download 7,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish