Qojarlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. Nodirshoh haloka-
tidan keyin imperiya bir necha qismlarga bo‘linib ketdi. Eronda turli
qabilalar o‘rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Bu kurashda asosiy
rolni zend va qojar qabilalari o‘ynadi. Ular o‘rtasidagi kurash
1758-yili zend qabilasi g‘alabasi bilan tugadi. Bu qabila vakillari
1796-yilgacha hukmronlik qildilar.
1796-yili esa hokimiyatni
qojarlar egallab oldi.
1722-yilda afg‘onlar o‘z yetakchisi Mir Mahmud boshchiligida zaiflashib
qolgan Eronga hujum qildi.
Abbos I davrida Safaviylar davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi.
Nodir Quli 1747-yili o‘zaro ichki nizolar natijasida o‘ldirildi.
Shu tariqa Eronda yangi sulola – qojarlar sulolasi hukmronligi
o‘rnatildi. Mamlakat poytaxti Òehron shahriga ko‘chirildi. Qojarlar
rahnomasi Og‘a Muhammad o‘zini shahanshoh deb e’lon qildi. Yangi
sulola Eronda
1925-yilgacha hukmronlikni davom ettirdi.
http://eduportal.uz