Hind sivilizatsiyasi
Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakat-
lariga tarqaldi. Bu sivilizatsiyaning o‘ziga xos tomoni shundaki, hind
jamiyatida kishilarning ijtimoiy holati uning tug‘ilish omili, ya’ni
ota-onasining jamiyatdagi o‘rni bilan belgilanadi. Bu yerda odamlar
kasta (tabaqa)larga bo‘lingan bo‘lib, insonning jamiyatdagi o‘rni
uning qaysi kastaga mansubligi bilan bog‘liq.
Islom sivilizatsiyasining
o‘ziga xos jihatlari shundaki, uning asosini
tashkil qiluvchi islom dini musulmonlarning faqat dunyoqarashi-
nigina emas, balki hayot tarzini ham belgilab beradi. Islom dini barcha
musulmonlarning tengligiga asoslangani uchun ko‘plab xalqlar o‘rta-
sida keng tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |