4-mavzu. Perspektiva
Biz tevarak-atrofimizni o‘rab turgan narsalarni ongimizda doimiy saqlab qolish
uchun turli usullardan foydalanamiz. Bu usullardan eng samaralisi narsalarning
tekislikda perspektiv tasvirini yasash hisoblanadi. Chunki narsaning
perspektivasini yasashda uning geometrik elementlari har tomonlama tahlil
qilinadi hamda shakli to‘liq o‘rganiladi va ongli ravishda idrok qilinadi. Shunday
amallardan keyin inson o‘zi ko‘rayotgan har bir narsani tahlil qilishga odatlanadi
va esda saqlab qolish odati rivojlanadi. Kuzatuvchi fazodagi narsalarni qayerdan
ko'rayotganligiga qarab, ularni katta yoki kichik ko‘rish orqali narsalarning
o‘zgarishini ongli idrok qila boshlaydi. Ikki o‘lchovli teldslikda perspektiv
tasvirlar yasash jarayonida narsaning uchinchi o‘lchamini, qayerdan ko‘rishga
qaramay, to‘g‘ri va aniq bajarish imkoniga ega bo‘linadi. Demak, ko‘rish orqali
buyumning fazoviy shaklini idrok qilish imkoniyatini beruvchi eng yaxshi vosita
markaziy proyeksiyalash usulida hosil qilingan kartina yoki chizma tekisligidagi
perspektiv tasvir hisoblanar ekan. Bu yerda K kartina tekisligi #gorizontal
tekislikka nisbatan tik (perpendikular yoki vertikal), ba’zi hollarda qiya (og‘ma)
bo‘lishi mumkin. Vertikal tekislikda hosil qilinadigan perspektiv tasvir, odatda,
to‘g‘ri kartinadagi tasvir, qiya tekislikda bajarilgan perspektiv tasvir esa og‘ma
tekislikda (kartinada)gi tasvir deb qabul qilingan
Perspektiva
(lot. perspicio — aniq koʻraman) — 1) mavjud borliqni inson idrok
etganidek biror tekis yuza (qogʻoz, taxta, devor va boshqalar) da fazoviy holati
va ularning boʻlaklarini kuzatish nuqtasidan uzokdashuvini tasvirlash tizimi.
Realistik tasviriy sanʼatning asosini tashkil qiladi. Real jism (buyum)larning
makondagi turli holat va koʻrinishining tuzilishi, hajmining oʻziga xos belgilarini
toʻgʻri tasvirini yaratish imkonini chiziqli P. bersa, xavo (rang) P. jism
(buyum)larning kuzatish nuqtasidan uzoklashib borishi natijasida rangi va
chegaralarining oʻzgarishini toʻgʻri va ishonarli tasvirini ishlashga xizmat qiladi.
Rassomlik sanʼatida kuzatish P.si ishlatiladi. Voqelikni as-boblarsiz kuz qanday
kursa, shunday qilib qoʻlda chizishga asoslanadi. Yana "teskari P." iborasi boʻlib,
unda real borliqni notoʻgʻri tasvirlash, yaʼni uzokdagi buyumlarni katta qilib
ishlash (P. qonunlariga eʼtibor bermay ishlash) maʼnosini anglatadi. Buni ikona
sanʼatida koʻrish mumkin. Yuno-niston (Evklid risolasi, miloddan avvalgi 3-asr)
va Qad. Rim (miloddan avvalgi 1-asr meʼmor va na-zariyotchilari) da P.ga oid
qimmatli fiqolar bayon qilingan. Uygʻonish davridagina P. ilmiy asosda oʻrganila
boshlandi. Paolo Uchchello, Leonardo da Vinchi, A. Dyurerlar P. rivojiga kata
hissa qoʻshdilar; 2) odamning narsalarni koʻrib idrok etishiga mos ra-vishda
ularni tekislikda tasvirlash usuli. Meʼmorlikda, qurilishda loyihalarni chizishda,
narsalarning aksonometriyasinn yaratishda, quriladigan bino, inshoot yoki
yasaladigan buyumni tabiiy holda tasvirlashda foydalaniladi. P. biror bir nuqtada
tutashadigan chiziqdar (nurlar) yorda-mida hosil qilinadi; 3) chiziqdi P. —
fazoviy shakllarni tekislikda markaziy proyeksiya yordamida tasvirlash usuli.
Bunda fazodagi R nuqta (rasmga q.) tekislikda OR toʻgʻri chiziqning tekislik
bilan kesishish nuqtasi boʻlgan R’nuktaga proyeksiyalanadi (O nuqta — P.
markazi); 4) havo P.si narsa (buyum) muayyan masofadan kuzatilganda rangi
oʻzgarishi va kiyofasidagi anikdik bu-zilishini ifodalaydi; 5) kelajak uchun
tuziladigan reja.
Do'stlaringiz bilan baham: |