jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tadrijini muntazam tahlil qilish zarurati vujudga keladi. Ana shunday tahlil
talablariga jamoatchilik monitoringi to’la javob beradi. Ijtimoiy munosabatlar tadrijini tashxis qilish va bashorat
qilish vazifasini bajaruvchi jamoatchilik monitoringi, ayni paytda, mazkur jarayonlarni boshqarish bo’yicha
tezkor axborot olish imkonini ham beradi.
Jamoatchilik monitoringining boshqa tadqiqot usullaridan afzalligi shundaki, uning yordamida ijtimoiy
ko’rsatkichlarning keng doirasi bo’yicha olinadigan ma’lumotlarni muntazam to’ldirib va uyg’unlashtirib borish
imkoni paydo bo’ladi. Axborotlarni ana shunday to’ldirish va uyg’unlashtirish asosida muntazam yangilanib
turuvchi axborot banki yaratiladi. Ayni mana shu afzalligi jamoatchilik monitoringining keng tarqalishi uchun
asos yaratmoqda.
Jamoatchilik monitoringi jamoatchilik faolligining yangi shakli bo’lib, muayyan tizimlar to’g’risida
muntazam va ilgarilab boruvchi axborot olish imkonini beradi. Olingan axborotlarda tizimning holati monitoring
ko’rsatkichlari yordamida ifodalanadi. Monitoring ko’rsatkichlari komplekslik va integrativlik mezonlari asosida
shakllanadi. Komplekslik tushunchasi tizimning turli tarkibiy qismlari to’g’risida axborot olishni anglatsa,
integrativlik mezoni olinayotgan axborotning o’sha tarkibiy qismlari o’zaro ta’sirini ifodalashni ta’minlaydi.
Mazkur axborotlar tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlarni o’zaro aloqadorlikda ifodalaydi.
“Monitoring”
tushunchasi muayyan obyektlarning holati to’g’risida maxsus tashkil etilgan tizimli
kuzatishni anglatadi. Masalan, atrof-muhitni monitoring qilish tabiatdagi obyektlarning holati va ulardagi
o’zgarishlarni kuzatishni anglatadi.
Jamoatchilik monitoringi nodavlat notijorat tashkilotlar va umuman, fuqarolik jamiyati institutlari
tomonidan davlat hokimiyati organlari faoliyatining amaldagi qonunchilikka mos yoki mos emasligini nazorat
qilish maqsadida amalga oshiriladi. Jamoatchilik monitoringi davlat hokimiyati organlari faoliyatiga baho berish
bilan birga, zarur bo’lgan hollarda ularni korreksiya qilish imkonini ham yaratadi.
Jamoatchilik monitoringi quyidagi tamoyillarga asoslanib o’tkaziladi:
tizimlilik va xolislik;
qonuniylik va ochiqlik;
olinayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni jamoatchilik monitoringidan o’tkazishning maqsadi mazkur
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Bunday
tavsiyalar monitoring natijalarini jamoatchilik muhokamasidan o’tkazish asosida qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: