Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1


Jamoatchilik nazoratining subyektlari



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

Jamoatchilik nazoratining subyektlari
Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga mosligini nazorat qilish
huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida ishtirok etishi bilangina cheklanmaydi.
Ular o’zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va
tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari mumkin.Shuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari
davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat
bosqichigabog’lab qo’yish unchalik to’g’ri bo’lmaydi. 
Mazkur tashkilotlar davlat boshqaruvining rejalashtirish bosqichlaridayoq ishtirok etish huquqi ular davlat
hokimiyati organlari, jumladan, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar va
dasturlarini rejalashtirish bosqichidayoq nazoratqilishida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, har qanday nazorat,
jumladan, jamoatchilik nazoratining samaradorligi davlat hokimiyati organlari, jumladan,mahalliy davlat
hokimiyati organlari muayyan tadbir va dasturlarni amalga oshirib bo’lgandan keyin ularning qonunlarga mos
yoki mos emasligini nazorat qilishi mumkin va ba’zi hollarda zarur bo’ladi. Lekin bunday yo’l tutish samarali
emas. Chunki tadbir yoki dastur amalga oshirilib, unga davlatning, ya’ni soliq to’lovchilarning mablag’lari
sarflanib bo’lgandan keyin bu tadbir yoki dastur o’rinsiz ekani aniqlansa, bu tadbir yoki dastur uchun mablag’lar
noo’rin sarflangan,deb topish ehtimol to’g’ridir. Lekin endi noo’rin sarflangan mablag’larni qaytarib bo’lmaydi.
Shuning uchun ham NNTlar o’zlarining nazorat qilish huquqini o’sha tadbir yoki dastur rejalashtirish bosqichida
ekanidayoq amalga oshirishlari kerak. Buning uchun muayyan shart-sharoit zarur. 
Ma’lumki, NNTlar hokimiyat funksiyalari va vakolatlariga ega emas. Lekin ular davlat hokimiyat organlari
faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega. Ana shu huquq samarali ishlashi uchun davlat hokimiyati organlari
faoliyatining shaffofligini ta’minlash zarur. Shuning uchun mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarining ochiqligini ta’minlash bo’yicha maxsus qonun qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi Qonunida ham fuqarolarning
birlashmalar tuzish huquqi kafolatlangan: “Inson huquqlari to’g’risidagi Umumiy deklarasiyaga, O’zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish
erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo’yiladi”
8
Mazkur Qonunda “jamoat birlashmasi”
tushunchasiga ta’rif ham berilgan: “O’z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish,
fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro’yobga chiqarish
uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma
145


jamoat birlashmasidir.” Ko’rinib turiptiki, jamoat birlashmalariga berilgan ta’rif ko’pchilik tomonidan e’tirof
etilgan “Vikipediya” lug’atida keltirilgan ta’rifga to’la mos keladi va ta’kidlash joizki, bizning qonunimizda
jamoat birlashmalariga berilgan ta’rifning bir qator jihatlari “Vikipediya”dagidankengroq va mustahkamroqdir.
Konstitusiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo’yilgan. Jamoatchilik
nazoratidavlatning ijtimoiyligini ta’minlaydigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati bo’lmagan davlatni
ijtimoiy davlat deb bo’lmaydi. Jamoatchilik nazorati qanchalik kuchli bo’lsa, davlatning ijtimoiylik darajasi
shunchalik yuqori bo’ladi.Davlat ijtimoiy hayotida xalq qo’llab-quvvatlagan narsalargina yashashi kerak. 
Jamoatchilik ekspertizasi yakunlariga ko’ra aholi qo’llab-quvvatlamaydigan narsa va hodisalarga barham
berish zarur. Jamoatchilik nazoratining shakllaridan biri bo’lgan jamoatchilik ekspertizasi mamlakatda yuz
berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarga aholining munosabatini aniqlaydi va mazkur
jarayonlarning qay biri yashashi va qay biridan voz kechilishi kerakligi to’g’rsida xalqning hukmini ifodalaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlari jumlasiga jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar
harakatlari, ekologik harakat, turli jamg’armalar, uyushmalar kiradi. Bu institutlar tom ma’noda jamoat
birlashmalaridir.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish