Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

2. Jamoatchilik nazorati tizimi
Jamoatchilik nazorati juda qadim zamonlardan buyon mavjud. Masalan, ibtidoiy jamoada shaxs xulqini
jamoa nazorat qilgan. Agar shaxs xulq-atvorida jamoa tomonidan qabul qilingan me’yorlardan og’ish bo’lsa,
jamoa a’zolari turli sanksiyalar yordamida uning xulqini tegishli tomonga o’zgartirgan.
O’zbekistonda qadimdan o’zini o’zi boshqarish organi bo’lgan mahalla nazoratchilik funksiyalarini ham
bajargan. Bunday funksiyani mahalla jamoasi yuqoridan tushirilgan farmonlar, buyruqlar va boshqa huquqiy
me’yorlarga munosabat bildirish shaklida ifodalagan.
Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo’lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fanga ijtimoiy
psixologiyaning asoschilaridan bo’lgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulq-
atvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qo’llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Keyinroq, bu
tushunchaning mazmuni ancha kengaydi. Bunday kengayish amerikalik sosiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlari
tufayli yuz berdi. Ularning talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlarga mos
keltirish maqsadida o’tkaziladigan ta’sirni anglatadi.
Amerikalik sosiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida deviant xulq-atvorga
ta’sir o’tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jamoatchilik nazorati ijtimoiy tizimning o’zini o’zi tartibga
solish usulidir. Mazkur usul huquqiy me’yorlar yordamida hamda mazkur tizimning tarkibiy qismlari orqali tartib
144


va barqarorlikni ta’minlash maqsadida o’tkaziladi. Jamoatchilik nazoratining xarakteri, mazmuni,
yo’naltirilganligi mazkur ijtimoiy tizimning xarakteri, mohiyati va tipi bilan belgilanadi. Jamoatchilik nazorati
ibtidoiy, arxaik jamiyatlarda hozirgi rivojlangan industrial jamiyatlardagiga nisbatan mutlaqo o’zgacha
xususiyatga ega bo’ladi. Arxaik jamiyatlarda u sodda tuzilmaga ega bo’lsa, industrial jamiyatlarda murakkab
tizim sifatida namoyon bo’ladi. 
Sanksiyalar ― jamoatchilik nazoratining elementi. Alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlarning xatti-
harakatiga tezkor munosabat bildirish maqsadida jamiyat ijtimoiy sanksiyalar tizimini yaratgan. Sanksiyalar o’z
mohiyatiga ko’ra, alohida shaxs va ijtimoiy guruhlar, muassasa va tashkilotlarning xatti-harakatiga munosabatdir.
Ijtimoiy sanksiyalar tizimining vujudga kelishi tasodifiy hol emas. Me’yorlar jamiyat qadriyatlarini himoya qilish
maqsadida yaratilgan bo’lsa, sanksiyalar ijtimoiy me’yorlar tizimini himoya qilish va mustahkamlash uchun
xizmat qiladi. Me’yor sanksiya yordamida himoya qilinmasa, unga odamlar amal qilmay qo’yadi. 
Sanksiyalar moddiy va ma’naviy bo’lishi mumkin. Moddiy sanksiyalar vazifasini jarima, mol-mulkni
musodara qilish kabilar bajaradi. Ma’naviy sanksiyalar esa tanqidiy fikr, xayfsan, kesatiq, piching, izza qilish kabi
shakllarda bo’lishi mumkin. Fuqarolik jamiyati institutlari ma’muriy va huquqiy sanksiyalarni qo’llash vakolatiga
ega emas. Ular faqat ma’naviy sanksiyalarni qo’llashi mumkin. Lekin o’rinli va to’g’ri qo’llangan ma’naviy
sanksiyalarning kuchi huquqiy sanksiyalar kuchidan kam bo’lmasligi mumkin.
Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, me’yorlar va sanksiyalar bir butunlikni tashkil
qiladi. Birorta me’yor tegishli sanksiyalarga ega bo’lmasa, u odamlar va ijtimoiy guruhlarning xulq-atvoriga ta’sir
o’tkaza olmaydi. Bunday me’yor shior, chaqiriq bo’lishi mumkin. Lekin, u jamoatchilik nazoratining tarkibiy
qismi bo’la olmaydi.
Alohida shaxs yoki ijtimoiy guruh ijtimoiy me’yorlarga bo’yinsunishni istamasa yoki ularni chetlab o’tishga
harakat qilsa, jamiyat majburlash choralarini qo’llaydi. Hozirgi jamiyatlarda majburlash orqali nazorat qilishning
qat’iy ishlab chiqilgan qoida va tizimlari mavjud. Mazkur tizimlar me’yorlardan og’ishning tiplari va darajasiga
ko’ra, mutanosib ravishda qo’llanadigan sanksiyalar yig’indisidan iborat. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish