O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’limi vazirligi farg’ona davlat universiteti



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/38
Sana08.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#436305
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1.2

 
Laboratoriya ishi № 6.2 
Multimedia
– bu tovush, video, grafika, matn, animasiyalar yordamida 
insonning kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy va apparat vositalar 
majmuasi 
hisoblanadi. 
Multimedianing 
o`quvchi-talabani 
faollashtirish, 
hayratlantirish imkoniyatlari juda katta. Bu esa ta’lim sifatini oshiradi va o`quvchi-
talaba diqqatini jamlashga xizmat qiladi. 
Gipermatn bilan ishlash jarayonida o`quvchi-talaba ta’lim jarayonining faol 
ishtirokchisiga aylanadi. Gipermatnlar bo`yicha tanlangan o`tishlar orqali o`qilgan 
materiallardan xulosalarni chiqarishi lozim. 
Multimedia va gipermatn vositalaridan foydalanish o`quv materiallarining 
taqdim etilishi sifatini oshiradi, keng masshtabli bahslarni tashkil etadi va qulay 
interfeysni ta’minlaydi. 
Zamonaviy nuqtai-nazarlarga ko`ra insoniyat 70 % dan ortiq ma’lumotlarni 
bevosita ko`rish orqali qabul qiladi, shu sababli fanni o`qitishda multimediyali 
dastkrlardan foydalanishning 
samaradorligi yuqori bo`ladi. Multimediya 
texnologiyasidan foydalanish virtual tarzda bilim va ko`nikmalarni egallashni 
jadallashtiradi. Hozirgi kunda multimediyalar yaratish sohasida ko`pgina metodik 
ishlar amalga oshirilmoqda. 


Kimyo fanida shunday mavzular borki, bu mavzularni o`quvchilarga 
tushuntirish, ularda shu mavzu bo`yicha tasavvurini shakllantirish qiyin. Masalan, 
“Eritmalar”, “Kimyoviy bog`lanish”, “Atom tuzilishi” kabi mavzular va kimyoviy 
texnologik jarayonlarni rasmlar va kitob orqali tushuntirish kutilgan natijani 
bermaydi. Kimyo o`qitishda kimyoviy eksperimentdan foydalanish dars 
samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Lekin kimyoning ko`pgina 
nazariy masalalarini jumladan, atom tuzilishi va kimyoviy bog`lanish kabi 
jarayonlarni o`qitishda eksperimentdan foydalanish imkoniyati yo`q. 
Axborot texnologiyasidan foydalanishning muxim tomonlari shundan 
iboratki an’anaviy usullar va kimyoviy eksperiment bilan ko`rsatib bo`lmaydigan 
kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni dinamik modellarini animasiya qilib 
ko`rsatish imkoniyatlari bo`ladi. 
Masalan, kimyoviy bog` o`quvchi va talabalarga rasmlar orqali tushuntirib 
kelingan. Bunda atomlarning elektron bulutlari, elektron bulutlarning shakllari, 
gibridlanish, elektron bulutlar asosida kimyoviy bog`ning qanday vujudga kelishi 
mexanizmlari va boshqa ko`plab jarayonlar rasm bilan tushuntirilgan va bu 
o`quvchi xamda talabalarning yetarlicha tasavvur qilishlariga qiyinchiliklar 
tug`dirgan. Kompyuter yordamida yuqorida sanab o`tilgan bir necha xolatlarni 
animasiya qilib, bunday qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin. Animasiyalar 
o`qituvchining ovozi bilan tushuntiriladi, natijada o`quvchilarni mavzuni 
tushunishi, jarayonlarni tasavvur qilishi ancha oson bo`ladi. 
Eritmalar nazariyasi – anorganik kimyo kursining yetakchi nazariyalaridan 
biridir. Mavzuning muhimligi sababi nafaqat katta amaliy ahamiyatga egaligida, 
avvalo, kimyoning biologiya, geografiya, fizika va boshqa o`quv fanlari bilan 
fanlararo aloqasining mavjudligidadir. Darsliklar va o`quv qo`llanmalarda ushbu 
bo`limlarga yetarlicha e’tibor berilgan. Biroq, afsuski, ma’lum tushuncha va 
atamalar gidratlangan ionlar, gidroksoniy ioni, ion atmosferasi va boshqalarning 
hosil bo`lishi kabi mavhum hodisalar sababli talabalar uchun ko`pincha tushunarli 
bo`lmay qolaveradi. Bunday mavzularni o`qitish samaradorligini ta’minlashda 
axborot texnologiyalari katta potensialga ega bo`lib, animasiyalardan foydalangan 
holda o`quv materialining mazmunini tushunarli va qiziqarli qilish imkonini 
beradi. YUqorida sanab o`tilgan xodisalar ishlab chiqilgan animasiyalarda 
eshitilgan nazariy materialni 2-3 daqiqada ko`rgazmali namoyish qilinadi. Ko`z 
bilan ko`rish mumkin bo`lmagan momentlar, jarayon mexanizmi, ionlar, 
molekulalarning harakatini ko`rsatish bilan nazariy material mustahkamlanadi. 
Nazariy materialni talabalar kompyuter ekranida, rangli tasvirda, ma’ruzachining 
ovozli sharhlashi bilan birga dinamik rivojlanishini ko`radilar. animasiyalashtirish 
texnologiyasi, jarayonlar mexanizmlarini yaqqol tasavvur qilish va shu bilan 
murakkab nazariy materialni chuqur o`zlashtirish imkonini beradi. Kompyuter 


darsi yozib olingan disketa orqali o`quvchilarning hammasi mustaqil holda 
kompyuter darsi bilan qayta tanishib chiqishlariga sharoit yaratadi. 
Shu yo`nalishda olib borilayotgan ishlardan maqsad kimyoning an’anaviy 
vositalari yordamida ko`rsatib bo`lmaydigan kupgina jarayonlarining dinamik 
modellarini kompyuter yordamida animasiya qilib multimediya mahsulotlarini 
tayyorlab, dars o`tishda kam vaqt sarflab, ko`proq bilim berish, o`quvchilarda
to`liq va yetarli darajada tasavvur qilish va ularni darsga bo`lgan munosabatini, 
qiziqishini yanada oshirishdir. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish