O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Qadimgi Gretsiyada
jismoniy tarbiya. Ijtimoiy turmushda, ayniqsa, 
bolalarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, harbiy-mudofaa ishlarida 
ishtirok etuvchilarning jangovorlik holatlarini takomillashtirishda Qadimgi 
Gretsiyada mavjud bo‘lgan davlatlarning ish tajribasi keng tarqalgan edi. 
Bunga qadimgi greklarning jismoniy tarbiya tizimi tarixiy jihatdan e’tiborga 
ega. Chunki bu tizim davrlar o‘tishi bilan jahonda o‘z mazmuni va 
mohiyatiga ega bo‘ldi. 
Qadimgi Gretsiya davlatining tarkib topishi va rivojlanishi miloddan 
avvalgi III-II ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Gomerning «Iliada» va 
«Odisseya» asarlarida qadimgi davrdagi yunon hayotining yorqin 
manzaralari aks ettiriladi. Uning asarlarida qahramonlar sifatida zodagon 
jangchilar timsoli chizilib, ularni oddiy xalqdan ajratuvchi jismoniy sifatlari 
va fazilatlari talqin etiladi. Gomer asarlarining qahramonlari qabila 
hayotidagi biror muhim voqyea sharafiga bag‘ishlab tashkil etiladigan 
musobaqalar va o‘yinlarda o‘zlarining jismoniy fazilatlarini namoyish 
etganlar. Bunda yugurish, nayza va lappak uloqtirish, sakrash, kurash, 
mushtlashish kabi mashqlar orqali musobaqalashganlar.
«Odisseya» asarida «atlet» so‘zi o‘sha vaqtda «olijanob qahramon», 
«aslzoda», «zodagon» tushunchalari bilan bog‘langan. Ya’ni xalq ichidagi 
«chaqqon odam» tushunchasiga qarama-qarshi qilib qo‘yilgan. Shu 
sababdan, oddiy kishilar zodagon jangchilarning o‘yinlarida ishtirok 
etmagan, faqat tomoshabin sifatida o‘tirishgan. Bo‘lajak jangchilar 
tayyorlash maqsadida mamlakatning yirik shaharlarida maxsus tarbiya 
tizimi yaratilgan. Ular Sparta va Afina tarbiya tizimi nomi bilan tarixda 
qolgan (1-jadval). 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish