O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Dehqonlarning jismoniy tarbiyasi.
G‘arbiy yеvropa davlatlarida 
dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning kuchayishi va ularni harbiy ishda 
qatnashishdan chetlashtirilishi xalq ommasi jismoniy tarbiyasiga g‘oyat 
darajada salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Dehqonlarda ishdan bo‘sh vaqt ancha 
qisqarib, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan 
moddiy imkoniyatlar kamayib ketgan. Buning natijasida o‘yinlar, raqslar va 
turli mashqlarni o‘z ichiga olgan musobaqa turlari bilan nishonlanadigan 
ko‘pgina eski xalq bayramlari unutildi. Biroq dehqonlar o‘zlarining og‘ir va 
huquqsiz ahvollariga qaramasdan, ilgarigi davrlardagi an’anaviy jismoniy 
mashqlarni saqlab qolishga harakat qilganlar.
XIV-XV asrlardagi rasmlarda dehqonlarning otda chopishi, raqslari, 
ularning yugurishga, kurashga va langar cho‘pga tirmashib chiqishga doir 
musobaqalari aks ettirilgan. Germaniyada yеrga tashlab qo‘yilgan shamshir 
atrofida raqsga tushish juda ommalashgan edi. yеvropaning shimoliy 
hududlarida, jumladan, Skandinaviyada chang‘ida yurish va konki uchish 
ancha keng qo‘llangan. Fransiyada to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlar 
mashhur edi. «Sul» o‘yinida ko‘pincha aksari qishloqlarning aholisi ishtirok 
etgan.
Xalq hayotida saqlanib qolgan o‘yin va mashqlar dehqonlarda mehnat 
qilish va feodallarga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan ma’naviy va 
jismoniy fazilatlarning tarbiyalanishiga imkon bergan.
Feodallarga qarshi chiqadigan xalq lashkarini tayyorlashda jismoniy 
mashqlar katta o‘rin egallagan. Yomon qurollangan piyoda dehqonlar 


26 
sovutga o‘ralib olgan otliq ritsarlarga qarshi jang qilishga majbur bo‘lganlar. 
G‘alayonchilar, birinchi navbatda ritsarlarni otdan urib tushirar edilar. 
Buning uchun esa ular otliqlarni arqon bilan o‘rar yoki otlarning oyog‘ini 
jarohatlar edilar. Piyoda ritsarlar beso‘naqay bo‘lib, qo‘zg‘olonchilar 
ularni to‘qmoq gurzi va toshlar bilan urar edilar. Bu usullar ularga 
o‘zlarining dushmaniga jiddiy talofat еtkazish imkonini bergan. Feodallar 
va din peshvolari jismoniy mashqlar va xalq o‘yinlariga qarshi edi. Shunga 
qaramasdan, xalq qadimgi o‘yinlar va jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanishni, an’anaviy bayram va marosimlarda ularni qo‘llashni 
davom ettirgan. Dehqonlar orasida kurash, tosh uloqtirish, yugurish, 
tayoqlar bilan qilichbozlik, konkida uchish, otda poyga, to‘p bilan o‘yin, 
chim ustida xokkey, chang‘ida yurish kabi turlar keng tarqalgan.
XIV asrda Shveytsariyada 16-18 yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida 
yugurish, sakrash, kurash, nayza uloqtirish, tayoqlarda qilichbozlik kabi 
mashq turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan.
XV asrda yеvropa davlatlarida dehqon va hunarmandlar katolik dini 
va feodallarga qarshi g‘alayon va qo‘zg‘alonlarida jismoniy mashqlardan 
harbiy maqsadda samarali foydalanganlar.
Dehqonlarning mehnati feodal madaniyatining moddiy asosi edi. 
Feodallar, quldorlardan farqli ravishda dehqonlarning jismoniy mashqlar 
bilan shug‘ullanishini rasman ta’qiqlamagan. Biroq tinkani qurituvchi 
kundalik mehnat dehqonlarning butun kuchini olar edi. Ularning 
tomoshalar, jismoniy mashqlar uchun vaqti ham, kuchi ham еtmas edi. 
Cherkov xalqning jismoniy mashqlariga qarshi edi. Shu sababli, cherkov 
xalq orasida inson o‘z tanasi haqida g‘amxo‘rlik qilishi gunoh ekanligi 
to‘g‘risidagi g‘oyani tarqatib, o‘zini tiyishni va tarki dunyo qilib hayot 
kechirishni targ‘ib qilgan. Biroq dehqonlar o‘zlarining muhitlarida 
qadimdan rivojlanib kelayotgan jismoniy mashq va o‘yinlarni mehnat 
faoliyatiga, feodallarga qarshi kurashga tayyorlash, o‘z qishloqlarini 
himoya qilish vositalaridan biri sifatida saqlab qolganlar.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish