O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Lesgaft
Pyotr Fransevich 
(1837-1909) pedagog, olim va Rossiyadagi 
jismoniy tarbiyaning eng faol ijodkori, jismoniy tarbiya ilmiy sistemasining 
asoschisidir. U o‘zining ilmiy asarlarida jismoniy tarbiya jarayonining 
hamma tomonlarini aks ettirgan. 1861-yilda meditsina-xirurgiya 
akademiyasini tamomlagan va shu akademiyaning o‘zida anatomiya 
o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshlagan.


46 
P.F.Lesgaft 1865-yillarda birin-ketin ikkita dissertatsiya yoqladi 
hamda meditsina doktori va xirurgiya doktori degan ilmiy darajalarni olgan. 
Lesgaft dissertatsiyalar tayyorlayotgan vaqtidayoq antropologiyani odam 
haqidagi fan sifatida keng ma’noda tushundi va uni o‘rganishga kirishgan 
edi. Huddi shu vaqtning o‘zida u odam organizmining taraqqiy etish 
nazariyasi asoslari ustida ham ishlay boshlagan. 
Lesgaft mashqlarni butun organizmni va uning ayrim qismlarini 
taraqqiy ettiruvchi yagona vosita deb bilgan. Gavdaning barcha a’zolarini 
uyg‘un ravishda mashq qildirilganda, organizm juda yaxshi taraqqiy etadi. 
Bu narsa Lesgaftni, jismoniy tarbiyaning ilmiy ravishda asoslangan tizimini 
yaratish zarur, degan fikrga olib keldi. U bu ishga ikkinchi dissertatsiyasini 
yoqlaganidan so‘ng bir necha yil o‘tgach kirishgan edi. 
1874-yilda Lesgaft o‘zining gimnastika masalalariga doir birinchi 
maqolasini chop ettirdi. Maqolada gimnastikaning asoslari haqida, asosan, 
uning organizmga ta’siri to‘g‘risida gap borar edi. So‘ngra Lesgaft harbiy 
vazirlikning topshirig‘i bilan bir yil mobaynida yеvropaning turli 
mamlakatlarida bo‘ldi. Bundan maqsad o‘sha mamlakatlarda jismoniy 
tarbiyaning qanday yo‘lga qo‘yilganligi bilan tanishish edi.
P.F.Lesgaft 1876-yilda o‘zining «Anatomiyaning jismoniy tarbiyaga 
munosabati va maktabda jismoniy ta’limning asosiy vazifasi» degan asarini 
nashrdan chiqardi. Endilikda bu asarda jismoniy tarbiyaning vazifalari 
anchagina kengroq bayon qilingan edi. U jismoniy tarbiyaning bilim 
sifatidagi xarakterini ta’kidlab o‘tishga harakat qilib, uni jismoniy tarbiya 
deb emas, balki jismoniy ta’lim deb atadi. Undan keyingi yillarda Lesgaft 
«Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasiga doir qo‘llanma», «Nazariy 
anatomiya asoslari», «Oila tarbiyasi» va boshqa asarlarini yozgan.
P.F.Lesgaftning butun hayoti va faoliyati chorizm reaksion kuchlari 
bilan uzluksiz kurashdan, butun insoniyat manfaatlari yo‘lida fan tantanasi 
uchun kurashishdan iborat bo‘lgan.
Lesgaft biologiya, antropologiya, pedagogika, anatomiya, tarix va 
jismoniy tarbiya sohasida ish olib borgan. Shuningdek, u yana o‘z ilmiy 
faoliyatini amaliyot bilan uzviy ravishda bog‘lab, o‘zining jismoniy 
madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan. 
P.F.Lesgaft ishlab chiqqan jismoniy ta’lim nazariyasining asosiy 
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 

Aqliy ta’lim ham, jismoniy ta’lim ham odamni butun jamiyat baxt-
saodati uchun serunum mehnat qilishga tayyorlash imkonini berishi kerak. 
4
Pyotr Fransevich Lesgaft. Tuzuvchilar:V.A.Taymazov, Yu.F.Kuramshin, A.T. Mar’yanovich. 
SPb.: 2006.- 102 b. 


47 
Har qanday ta’limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfaatini emas, 
balki jamiyatga foyda keltirishni birinchi o‘ringa qo‘yishiga erishishdan 
iborat bo‘lishi lozim. Odam butun umrida ijodkor bo‘lishi, yodaki 
uslublardan foydalanmasligi darkor. Shunday qilingan taqdirdagina 
odamning uzluksiz shaxsiy kamolotiga va butun jamiyat madaniyatining 
taraqqiyotiga erishish mumkin. 
Inson aqliy faoliyatida ham, jismoniy faoliyatida ham ijodiy faollikka 
qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun vositalar ongli ravishda tanlangan 
taqdirdagina erishish mumkin. Shuning uchun mashq qilish natijasida hosil 
bo‘lgan narsalarni bir-biridan farq qila olishga odatlanishni, ularni o‘zaro 
bir-biri bilan taqqoslay olish hamda ularga baho bera bilish, ya’ni tahlil qila 
olishni jismoniy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Lesgaft ana shu nuqtai nazardan mashqlarni ko‘rsatib berishni emas, balki 
ularni tushuntirib berishning o‘zi bilan cheklanishni tavsiya qilgan. Bu narsa 
o‘quvchini bajargan harakatini ko‘r-ko‘rona takror qilib berishga emas, 
balki uning haqida ongli tasavvur hosil qilishga, undan keyin esa o‘sha 
harakatni takror bajarishga majbur etadi. Odam ongi uning har bir faoliyatini 
oldindan bajarishi kerak.
Lesgaft kishining har taraflama kamol topishi deganda, odamning 
aqliy va jismoniy kuchlarini bir-biriga qo‘shib, to‘g‘ri taraqqiy ettirishni, 
ong yеtakchi rol o‘ynagan paytda kishi faoliyatida bu kuchlarning faol 
ishtirok etishiga imkon beruvchi ulardagi uzviy bog‘liqlikni nazarda tutgan. 
Har bir odam jismoniy kamolotining yosh, jinsiy va individual 
xususiyatlarini hisobga olib, kuch sarflashdagi asta-sekinlik va izchillik 
tamoyiliga rioya qilgan taqdirdagina har tomonlama jismoniy kamolotga 
erishish mumkin. 
Jismoniy ta’limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimi yordamida 
ish tutgan taqdirdagina to‘g‘ri jismoniy o‘sishiga erishish mumkin. 
Jismoniy ta’limning tajriba tizimi ko‘pchilik avlod tajribasida sinab 
ko‘rilganidan keyingina to‘g‘ri tajriba deb tan olinishi mumkin. Jismoniy 
ta’lim tizimining o‘zi esa har xil sharoitda va har xil shaklda qo‘llanuvchi, 
ta’lim-tarbiyaviy vazifalariga qarab asta-sekin o‘zgaruvchi uncha ko‘p 
bo‘lmagan harakatlar tizimidan tarkib topadi. Lesgaft yurish, yugurish, 
sakrash, uloqtirish yoki irg‘itish, kurash, oddiy gimnastik mashqlar, o‘yinlar 
va ekskursiyalarni ana shunday mashqlar
deb hisoblagan. 
P.F.Lesgaft o‘zining jismoniy ta’lim tizimini yaratib, G‘arbiy yеvropa 
mamlakatlari jismoniy tarbiya tizimini qattiq tanqid qildi. U bu gimnastika 
tizimi mashqlari bola organizmining anatomik tuzilishiga mos emasligini 
isbotlab berdi. Olim nemis va shved gimnastikasini tanqid qilgan bo‘lsa 


48 
ham, aksincha, gimnastika mashqlarini keng qo‘llagan holda jismoniy 
ta’limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimini yaratish ustida ishlagan. 
U olimlar va pedagoglarni ijodiy faol bo‘lishga, gimnastika va sportning 
odat tusiga kirgan chet el tizimi rus yoshlari jismoniy ta’limiga kirib 
kelishiga tanqidiy ko‘z bilan qaramaslikka qarshi kurashishga da’vat etgan 
edi. 
P.F.Lesgaft tizimining asosiy kamchiligi shundaki, u jismoniy 
tarbiyani faqat biologik nuqtai nazardan tushuntirib bergan. Bundan 
tashqari, u sport musobaqalari va bolalar uchun gimnastika snaryadlarida 
bajariladigan mashqlarning foydali ekanligini inkor etgan, jismoniy 
mashqlarga o‘rgatishda ko‘rgazmalik usulining ahamiyatini tushunmagan 
edi. Shunga qaramasdan, Lesgaft asarlari hozirgi kunga qadar ilmiy-nazariy 
ahamiyatga egadir. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish