O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Abdurauf Fitrat 
(1886-1934). Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 
Buxoro shahrida tug‘ilgan. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi bo‘lib, 
bu so‘z tug‘ma tabiat, tug‘ma iste’dod degan ma’noni anglatadi.
XX asr boshlarida butun Sharqda bo‘lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy 
fikr taraqqiyotida jiddiy uyg‘onish boshlanib, ma’rifatpavar jadidchilik 
harakati keng yoyiladi. Amir boshqaruvining qattiqqo‘lligi Buxoro 
jadidlarini maxfiy jamiyat tuzishga majbur qilgan edi. Buxoroda jadidlar 
«Yosh buxoroliklar» nomi bilan ish olib borgan. Fitrat «Yosh buxoroliklar» 
harakatining rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarining 
boshlarida yangi usuldagi maktablar ochib, ularda boy hamda 
kambag‘allarning bolalarini o‘qitdilar.
Abdurauf Fitrat 1909-yilda «Jamiyati hayriya»ning ko‘magida 
Turkiyaga o‘qishga ketadi. 1913-yil to‘rt yillik o‘qishdan so‘ng Fitrat 
Turkiyadan Buxoroga qaytib keladi. U Turkiyadan ilg‘or qarashlar bilan 
qaytgan edi.
Fitrat 1916-yili «Oila» nomli falsafiy asarini yozadi. Fitrat 1922-1923-
yillarda Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkiyaga talabalar 
yuborish, ilg‘or yеvropa ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika sirlarini 
o‘rganish, yangi Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va 
madaniyatni rivojlantiruvchi mahalliy kadrlar tayyorlash tashabbuskori va 
tanlovchilaridan biri bo‘lgan. Leningrad Davlat Universiteti 1924-yilda 
Fitratga o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotlari namoyondalari to‘g‘risidagi 
ilmiy tadqiqotlari uchun professor unvonini bergan.
Fitratning «Rahbari najot» asari ham to‘la ravishda ta’lim-tarbiya 
masalalariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola 
tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu masalalar 
hozirgi davrda ham katta ma’rifiy ahamiyatga egadir.
Fitrat ota-onaning vazifasi o‘z bolalarini yеtuk kishilar qilib 
tarbiyalashlari zarurligini uch tarbiyaga ajratgan:

Jismoniy tarbiya – salomatlik,

Aqliy tarbiya – sog‘lom fikrlilik,

Axloqiy tarbiya – axloqiy sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor berish 
kerakligini ta’kidlagan.
Abdurauf Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat 
bo‘lib tarbiyalanishiga alohida ahamiyat bergan. U bolani tug‘ilmasdan 
burun, ona qornidaligidanoq tarbiyani boshlash kerak, chunki shu 9 oy 
muddatda farzand ona qoni bilan tarbiyalanadi, deb uqtirgan. Keyinroq bola 


152 
tug‘ilgandan keyin Fitrat bolalarning toza havoda bo‘lishlari, atrof, tabiat 
go‘zalliklaridan estetik zavq ola bilishlariga ham ahamiyat beradi.
Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli harakatli o‘yinlar katta 
o‘rin tutishini ham aytib o‘tgan. Ota-onalarga o‘z bolalarining shunday 
o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishlarini ta’minlashlarini maslahat bergan. U bu 
o‘yinlar orqali bolaga hayotni o‘rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish 
mumkin, asosiysi bolani jismonan chiniqtirish, deb bilgan. Fitrat yana 
bolalarning sog‘lom, jismonan yеtuk bo‘lishlari uchun tozalikning 
ahamiyati juda kattaligini tushuntirib, bolalarga shaxsiy gigiena qoidalariga 
amal qilishni o‘rgatishni alohida ta’kidlab o‘tgan.
Abdurauf Fitrat bunday ta’lim va tarbiyani, bolalarga yaxshi sharoitlar 
yaratib, ularning salomatliklari va yashashlari uchun g‘amxo‘rlikni faqat 
jadid maktablari berayotganini, lekin hukmron doiralar bu maktablarga 
qarshi chiqish bilan birga ular olib borayotgan ilg‘or ta’lim-tarbiya 
usullariga ham qarshi chiqayotganini, bu maktablarni kofir maktabi deb, 
ularni faoliyat ko‘rsatishga qo‘ymayotgannini ko‘rsatib o‘tgan. Shu bilan 
birga, eski maktablarda buning aksi bo‘lib, bolalarning salomatliklari, 
ularning jismonan chiniqishlari uchun hyech qanday sharoitlar 
yaratilmaganligini ko‘rsatgan. 
43 
Mustaqillik, demokratiya, ozodlik g‘oyalari Fitratning butun faoliyati 
va barcha asarlari va maqolalarida bosh maqsad bo‘lib qolganligi bilan 
hozirgi 
yoshlarimizga, 
ularning 
mustaqil 
O‘zbekistonning 
rivojlantirishlarida ibrat-namunadir.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish