O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


olimpizm – bu alohida, insoniyat tomonidan hosil qilingan yuksak  axloqiy qadriyatlarga ma’naviy asosdir;  



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

 
olimpizm – bu alohida, insoniyat tomonidan hosil qilingan yuksak 
axloqiy qadriyatlarga ma’naviy asosdir; 

 
olimpizm – bu jamiyatning o‘ziga xos holatidir, bunda tajovuzkorlik, 
urush harakatlarini olib borish axloqsizlik hisoblanadi;

 
olimpizm – bu sport, san’at, madaniyat, fan va texnikaning o‘ziga hos 
uyg‘unlashuvidir. Olimpiadalar moddiy va ma’naviy madaniyatning turli 
tomonlarini rivojlantirish omillaridan biri bo‘ldi. Bunday uyg‘unliksiz 
Olimpiya o‘yinlari o‘zining bu darajada maftunkorligiga ega bo‘lmas 
edi; 

 
olimpizm – bu turli davlatlar sportchilarining yagona ahil oilaga
birlashishidir. Bu o‘zaro yordam, birdamlik, halollikka asoslangan
do‘stona 
munosobatlarni 
rivojlantirishdir, 
bu 
har 
qanday 
diskriminatsiyaning yo‘qligidir; 

 
olimpizm nafaqat jismoniy sifatlarni, balki tana va ruh uyg‘unligini 
tarbiyalashga qaratilgan ta’limdir, bu sportchilarda jasurlik, or-nomus, 
qadr-qimmatni tarbiyalashdir; 

 
olimpizm deganda madaniyat va san’at, fan va texnika, ma’naviyat 
sohalarida sport faoliyatining ilg‘or tajribalari va yutuqlari bilan 
uyg‘unlashishiga qaratilgan qarashlar tizimi tushuniladi; 

 
olimpizm – sport harakatining ma’naviy asosi bo‘lib, unda gumanistik - 
insonparvar g‘oyalar, insonlarning yaxshi niyatlari, tinchlik, hamkorlikka 
intilishi aks etadi; 


131 

 
olimpizmning mazmun-mohiyati insonga, shaxsga, jamiyatga xizmat 
qilishdan iborat; Olimpiya sporti gumanizm, halol o‘yin (feyr-pley), 
olimpizm falsafasini shakllantiruvchi tinchliksevar an’analarni oldinga 
suradi. 
Sportni madaniyat va ta’limot bilan birlashtiruvchi olimpizm sa’yi-
harakatidan quvonish, yaxshi namuna hamda asosiy umumiy axloqiy 
tamoyillarni hurmat qilishning tarbiyaviy qiymatiga asoslangan turmush 
tarzini yaratishga intiladi. Olimpizmning ijtimoiy ahamiyati umuminsoniy 
qadriyatlar va ideallar bilan bog‘liq. 
Olimpizm o‘z rivojlanishida uchta bosqichni bosib o‘tgan:

qadimgi davr (mil.av. 776-y. – milodiy 394-y.)

Kuberten davri (1894 – 1936-yy.)

zamonaviy davr (1948-y. – hozirgi davrgacha) .
Har bir bosqichda olimpizm yangi mazmun, an’analar, urf-odatlar 
bilan boyib borgan. Lekin uning yеtakchi gumanistik tamoyillari saqlanib 
qolgan. Bu tizim insonning jismoniy, ma’naviy va axloqiy talablariga javob 
beradi, olimpiya g‘oyalari va tamoyillari atrofida jahon xalqlarini 
birlashtiradi va ular xalqaro olimpiya harakatini tashkil etadi. 
“Asosiy tamoyillar (Olimpiya xartiyasida ko‘rsatilgan)” Pyer de 
Kuberten, zamonaviy olimpizm asoslarini ishlab chiqqan. Olimpiya 
xartiyasi – XOQ tomonidan qabul qilingan Asosiy tamoyillarni, Qoidalar va 
Qarorlarni tartibga soluvchi hisoblanadi. U, olimpiya harakatini tashkil 
qilishni va faoliyatini boshqaradi va Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazilishi 
shartlarini ko‘rib chiqadi. Olimpiya xartiyasida shakllantirilgan Olimpiya 
harakatining keyingi Asosiy tamoyillari 2004-yilning 1-sentyabridan 
boshlab kiritildi. 
-
Olimpizmning maqsadi – sportni, inson qadr-qimmatini saqlab 
qolish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan tinchlikparvar jamiyatni 
yaratishga ko‘maklashishi orqali, odamlarni uyg‘un rivojlantirishga 
xizmat qilishdan iborat. 
-
Olimpiya harakati XOQning rahbarligi ostida amalga oshiriladigan, 
olimpizm qadr-qimmatlaridan ilhom oladigan barcha shaxslar va 
tashkilotlarning uyg‘un, tashkillashgan, universal va doimiy 
faoliyatidan iborat. Ushbu faoliyat beshta qit'ani qamrab olgan. 
Uning eng yuqori cho‘qqisi – butun jahon sportchilarini buyuk 
sport bayrami – Olimpiya o‘yinlariga birlashtirish hisoblanadi. 
Olimpiya harakatining ramzi – beshta o‘zaro qo‘shilgan halqalar 
hisoblanadi. 


132 
-
Sport bilan shug‘ullanish – inson huquqlaridan biri hisoblanadi. Har 
bir odam, kamsitilmagan holda, olimpizm ruhi asosida sport bilan 
shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, bu, do‘stlik, 
hamkorlik va halol o‘yin ruhidagi o‘zaro tushunishni nazarda 
tutadi. Sportni tashkil qilinishi, boshqarilishi va rahbarlik qilinishi 
mustaqil sport tashkilotlari tomonidan nazorat qilinishi kerak. 
-
Har qanday shaxsga yoki mamlakatga nisbatan irqiy, diniy, siyosiy 
yoki boshqa xarakterdagi yoki jinsiy belgisiga ko‘ra 
kamsitilishning har qanday shakli Olimpiya harakatiga mansublik 
bilan to‘g‘ri kelmaydi. 
-
Olimpiya 
harakatiga 
mansublik, 
Olimpiya 
xartiyasining 
qoidalariga rioya qilishni va XOQ tomonidan tan olinishini talab 
qiladi (XOQ, 2009-y. 44). 
Olimpizm – bu, Per de Kuberten tomonidan vasiyat qilingan «falsafa» 
va harakat. U, tana, iroda va ongning balanslashtirilgan bir butun qadr-
qimmatini yuqori darajaga ko‘taradigan va birlashtiradigan hayot 
falsafasiga mansub. U, “sportni madaniyat va ta’lim bilan 
uyg‘unlashtirish”ga va “zo‘r berishdan quvonishga, yaxshi o‘rnakning 
tarbiyaviy qimmatiga, ijtimoiy masuliyatga va umumbashariy etnik 
tamoyillarga nisbatan hurmatga” asoslangan turmush tarzini targ‘ib qilishga 
uringan. Insonparvarlik ideallarini jismoniy faollik bilan bunday 
uyg‘unlashtirish G‘arb falsafiy an’analari uchun toki ingliz xususiy 
maktablarida atletizm rivojlanmaguncha nooddiy bo‘lgan. U, olimpiya 
harakati ideal standartlarga asoslangan axloqiy ko‘rsatmaga ega bo‘lganligi 
uchun ushbu harakat o‘zining shaxsiy standartlaridan chetga chiqqan paytda 
tanqidga ochiq bo‘lishini nazarda tutgan. 
35 
Sport tarixchisi va Olimpizmning tadqiqotchisi Bryus Kidd 
yozishicha: “Sportning axloqiy da’volari, uni kurash maydoni sifatida 
qonunlashtiradi”. Bu, Olimpiya harakati, Olimpizm va Xalqaro Olimpiya 
Qo‘mitasi uchun juda to‘g‘ri. 
Olimpiya harakati – Olimpiya xartiyasi rahbarligiga rozi bo‘lgan 
tashkilotlar, sportchilar va boshqa odamlarni qamrab olgan falsafa va 
harakatni o‘z ichiga olgan sportdagi noyob harakat hisoblanadi. A’zolikka 
qabul qilish uchun mezon bo‘lib, XOQ hisoblanadi. “Olimpiya harakatining 
maqsadi – yoshlarni olimpizm g‘oyalari va uning qadr-qimmatlari bilan mos 
ravishda sport vositasida tarbiyalash orqali tinch va ancha yaxshi dunyoni 
tuzishga ko‘maklashish hisoblanadi”. 
35
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New 
York, 2012. – 31 p.


133 
Shunday qilib, Olimpiya harakati sport doirasidan chiqishga va butun 
jahonda tinchlikni va inson huquqlarini mustahkamlashga intiladi. 
Olimpiya qadriyatlari (“Olimpiya o‘yinlari” va “Olimpiada”) 
tushunchalari ramz, bayroq, shior, gimn, emblema, mash’al kabi vositalarni 
qamrab olgan. Olimpiya qadriyatlariga egalik qilish hamda daromad olish 
uchun tijorat va reklama maqsadlarida foydalanish huquqlari faqat XOQga 
berilgan. Bu huquqlar qonun, jumladan, Olimpiya o‘yinlarini tashkilotchi 
mamlakat tomonidan himoya qilinadi. Ramzlar, g‘oyalar, afsonalar, 
konsepsiyalar va tarix muntazam tadbirlarni tashkil qilishda katta 
ahamiyatga ega. Eng avval aniq an’analar o‘ylab topilgan. O‘yinlarda – bu 
ochilish marosimi, tayanch ritual ifodali jumlalar bilan ochilishi. 
G‘oliblarga kumush medal va zaytun yaprog‘i taqdim etilgan. Yugurish 
bo‘yicha g‘oliblarga – bronza medali va lavr yaprog‘i berilgan. Tantanali 
taqdirlash marosimida milliy bayroqlar ko‘tarilgan.
Kuberten “Tezroq, Balandroq, Kuchliroq” shiorini dominikan 
ruhoniysi Genri Didon 1891-yilda so‘zlagan nutqidan olgan. O‘yin 
ishtirokchilari tomonidan aytiladigan Olimpiya qasamyodi so‘zlarini 
Kuberten 1906-yilda yozgan, lekin ular 1920-yilgacha ishlatilmagan. 
Olimpiya shaharchasi, olimpiya mash’ali va olimpiya estafetasi esa 
keyinroq paydo bo‘lgan”.
36 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish