O‘zbekiston Olimpiya Akademiyasi
(O‘zOA) 1993-yil 18-aprelda
tashkil topgan. O‘zOA birinchi prezidenti A.Q.Hamroqulov va ijroiya
direktori B.S.Radjapov saylanganlar. O‘zOA delegatsiyasi 1994-yilda
Olimpiya shahrida o‘tkazilgan XOAning navbatdagi sessiyasida ishtirok
etgan. O‘zOAning 12 nafar kishidan iborat Ijroiya qo‘mitasi tarkibiga
yеtakchi olimlar, o‘qituvchilar, trenerlar va olimpiya harakati arboblari
kiritilgan. O‘zOA nizomi bo‘yicha Olimpiya Akademiyasi O‘zMOQ
rahbarligida faoliyat ko‘rsatadigan ko‘ngilli jamoat tashkiloti hisoblanadi.
Respublika Olimpiya Akademiyasiga O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya
instituti rektori rahbarlik qiladi.
O‘zOA maqsadi olimpiya harakati va Olimpiya o‘yinlarining
insonparvar qadriyatlari, olimpizm tamoyillari va g‘oyalarini o‘rganish,
targ‘ibot qilish, ommalashtirish hamda rivojlantirishdan iborat.
O‘zROAning dolzarb vazifasi mamlakatimizda olimpiya ta’limotining
tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish, mintaqaviy Olimpiya
akademiyalari bilan aloqalar o‘rnatish hisoblanadi.
Ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom insonni tarbiyalashning
muhim vositasiga aylangan sport olimpiya go‘yalari va olimpiya
qadriyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |