SAVOLLAR
1.
Odam oyog‘i kaftidan etalon sifatida foydalanishning kamchilik va
afzalliklari nimadan iborat? Bo‘lishi mumkin ikkita holatni qarab chiqing: etalon
sifatida (a) aniq odamning oyoq kafti; (b) istalgan odamning oyoq kafti tanlanadi.
2.
Ushbu: Memfis 7 mil (11,263 m) degan yo‘l belgisida nima noto‘g‘ri?
3.
Nima uchun sizning javobingizda qanchalik ko‘p raqamlar bo‘lsa, u
shunchalik to‘g‘ri, deb o‘ylash noto‘g‘ri?
4.
Javob to‘liq bo‘lishi uchun o‘lchov birliklari maxsus bo‘lishi kerak. Nima
uchun?
5.
G‘ildirakning siz o‘lchagan radiusi 4,16 cm ga teng. Agar siz uni 2 ga
ko‘paytirsangiz diametrni olasiz, siz natijani 8 cm ko‘rinishida yozishingiz
to‘g‘rimi yoki 8,32cm ko‘rinishida? Javobni asoslab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |