Jinoyat oraliq 1



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/98
Sana08.02.2022
Hajmi0,73 Mb.
#435819
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98
Bog'liq
SAVOLGA JAVOB jinoyat(1)

 
66. 
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishning tartibini yoriting 
Jinoyat qonuni alohida hollarda jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni nazarda tutadi. 
Bunday hollarda mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilinadi, lekin jazoning 
o‘talmay qolgan qismi yengilroq turdagi jazo bilan almashtiriladi. Jazoni yengilrog‘i bilan 
almashtirish jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishdan farqli ravishda shartsiz 
hisoblanadi. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish:
- ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumlarga; 
- ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan mahkumlarga; - axloq tuzatish ishlari jazosi 
tayinlangan mahkumlarga; 
- jazo tizimidagi ushbu uch jazo turiga nisbatan yengilroq turdagi jazo turiga sud jazoning 
o‘talmagan qismini almashtirishini nazarda tutadi.
Mahkumga nisbatan, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qoidalarini qo‘llash asoslari: 
- mahkumga ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazosi 
tayinlanganligi;
- mahkum jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol 
munosabatda bo‘lganligi;
- sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazo muddatini ma’lum bir qismini haqiqatda 
o‘taganligi; 
- mahkum sodir etgan jinoyati JK 97-moddasi 2-qismi, JK 118-moddasi 4-qismi, JK 119-
moddasi 4-qismi va “O‘zbekiston Respublikasiga qarshi”, “Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga 
qarshi jinoyat”lar sodir etish, jinoiy uyushma tashkil etish, yadroviy, kimyoviy, biologik va 
boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun 
foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va uskunalarni, kontrabanda qilish jinoyatlarini 
tashkil etmasligi. 
Ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi 
axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda - axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish, 
ozodlikni cheklash jazolarining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi va almashtirilgan 
axloq tuzatish ishlari jazosi uch yildan ortiq bo‘lishi ham mumkin. Jazosi yengilroq turdagi 
jazo turi bilan almashtirilgan mahkumlar jazoning tegishli qismini o‘tab bo‘lganlaridan keyin 
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoidalariga binoan jazodan muddatidan 
ilgari ozod qilinishlari mumkin. Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning 
o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa - sud unga JKning 60-
moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq almashtirilgan jazo turini yangi sodir etilgan 
jinoyat uchun tayinlangan jazo turiga qo‘shib, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlaydi. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish