tRNK (transport RNK)
tRNK tarkibiga 75–100 tagacha mononukleotidlardan tashkil topgan, molekulyar massasi
23000–30000, umumiy RNK larning 18% ini tashkil qiladi. Har bir aminokislota uchun spetsifik
tRNK mavjud. tRNKning birlamchi strukturasining ayrim qismlaridagi nukleotidlar qo‗sh asoslar
tashkil qilib birikishi natijasida
«beda bargi
» nomi bilan yuritiladigan ikkilamchi struktura kelib
chiqadi. tRNK sitoplazmada ma‘lum erkin aminokislotani biriktirib ribosomaga tashib keltiradi,
tRNKda akseptor uchi va antikodon qismi mavjud. Akseptor uchi bilan aminokislotani biriktiradi,
antikodon qismidagi uchta nukleotid (triplet) iRNK kodon (bitta aminokislotani sinteziga javobgar
uchta nukleotiddan iborat) qismiga mos keladi. Bundan tashqari tRNK aminokislotani
sintezlanayotgan oqsilning qaysi qismiga o‗tirishini ta‘minlaydi (
adaptorlik funksiyasi
).
Do'stlaringiz bilan baham: |