72
kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xususiyatlari (xarakteri,
kimning nimaga ko‘proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqkol
namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin
faoliyatlari,
ularni individual ravishda o‘rganish uchun juda qulay vositadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida
tasviriy san’atning ham ahamiyati juda kattadir. Bu yosh davridagi bolalar
ijodiy faoliyatdan tasviriy san’at ayniqsa, rasm chizishni yaxshi ko‘radilar.
Bolaning tasavvur etish xarakteriga ko‘ra, uning atrof hayotni qanday idrok
etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta
bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari,
ruhiy
holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi.
Bolaning nimani va
qanday ifodalashiga qarab, uning atrof olamdagi voqelikni qanday idrok qilishi,
xotirasi, xayoli va tafakkurining o‘ziga xosligi haqida mushohaza qilish
mumkin. Rasmlar orqali bolalar tashqi olamdan olayotgan tassurotlari va
bilimlarini yetkazishga harakat qiladilar. Rasmlar bolaning jismoniy va
psixologik holatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. (kasallik, kayfiyat).
Aniqlanishicha, kasal bolalar chizgan rasmlar sog‘lomlarnikidan ko‘pgina
jihatlari bilan farq qiladi
Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘lib
hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan
narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan,
xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi.
3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan
musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula
aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar.
Maktabgacha yosh davri badiiy-ijodiy faoliyatida musiqa muhim
ahamiyatga ega. Bolalarga musiqiy asarlarni tinglash,
musiqiy qatorlarni va
tovushlarni turli asboblarda takrorlash quvonch bag‘ishlaydi. Bu yosh davrida
birinchi marotaba musiqa bilan jiddiy shug‘ullanishga qiziqish paydo bo‘ladi, u
keyinchalik haqiqiy qiziqishga aylanishi va musiqiy qobiliyatni rivojlanishiga
yordam beradi. Bolalar qo‘shiq aytishga, musiqa ostida turli ritmik, raqs
harakatlarini bajarishga o‘rganadilar. Qo‘shiq aytish
musiqani anglash va vokal
qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishishga
harakat qilish xususiyati shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi
bolalarning eng yaxshi daqiqalari musobaqa o‘yinlaridagi yutish va
muvaffaqiyatlaridir. Katta maktabgacha yoshdagi
bolalar uchun musobaqalar
juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga
erishish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi.
O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol
shakli bo‘lgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy
tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi
uchun odam, avvalo, yetarli darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma’lum
73
malakalar, uquvlar va sodda tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga
bola yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, o‘yin faoliyati orqali erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: