Ong va faoliyat birligining
psixologiyada qabul qilingan tamoyili ong bilan
faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham
emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki rejasini,
uning programmasini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda
hosil bo‘ladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhit yordamida mo‘ljal oladi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni
o‘rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi
ichki
psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning ob’ektiv
qonuniyatlarini ochish imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |