Birinchi bosqich mehnat jarayonini tekshirish ishiga tayyorgarlik
ko’rishni o’z ichiga oladi. Bunda avvalo tekshirish ob’ekti tanlab olinadi. Ob’ekt
sifatida teõnologik operasiya, ish turi, mehnatning ilg’or usullari va uslublarini
qo’llayotgan ishchi tanlab olinadi. So’ngra mehnat usullari va uslublarini
operasiyaning murakkabligiga, takrorlanishiga qarab tekshirish usullari tanlab
olinadi va tekshirilayotgan mehnat usuli va uslubini qo’llash doirasi aniqlanib,
uni qo’llashdagi shartli iqtisodiy samaradorlik õisoblanadi. Birinchi bosqich
tashkiliy tayyorgarlik ishlari, ya’ni mehnat jarayonining tekshirilayotgan
zvenolarini aniqlash va ijrochilarni tanlash, tekshirish tartibi va muddatlarini
belgilash bilan tugallanadi.