O zR konst o. rganish 3826. qxd



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/162
Sana08.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#434733
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   162
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish

Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputatlar
guruhlari va partiya
fraksiyalari faoliyati
www.ziyouz.com kutubxonasi


160
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan
yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan
bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbe 
-
kiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham
parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan
yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga
qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shu 
-
ningdek O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan
de putatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka bir-
lashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga
oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi.
O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan
siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun
nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi
huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik
palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha
ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqo-
bil tahririni kiritish;
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zi 
-
ning alohida fikrini O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayon-
nomasiga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv ko 
-
missiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolat-
langan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomoni 
-
dan kamsitilishi mumkin emas.
Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining
a’zosi bo‘lishi mumkin.
Oliy Majlis deputati faqat bitta deputatlar birlash-
masi (fraksiya, guruhda) bo‘lishga haqli.
www.ziyouz.com kutubxonasi


161
Fraksiyalar, guruhlar o‘z faoliyatini belgilangan
tartibda ro‘yxatga olinganidan keyin amalga oshiradi
va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini
hamda amaldagi boshqa qonunlar doirasida ish olib
boradi. Fraksiya, guruh rahbari fraksiyani, guruhni
ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan ariza
bilan fraksiyalarning, guruhlarning rahbarlari tuzilgan
fraksiyaning, guruhning maqsad va vazifalari to‘g‘risi-
da axborot berishi, boshqa ma’lumotlarni aytishi
mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rasmiy frak-
siyalarni, guruhlarni ro‘yxatga olish masalasi yuzasi-
dan qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis guruh va fraksiyalarining faoliyati
to‘g‘risidagi masala mantiqan O‘zbekiston Respub 
-
likasi Konstitutsiyasi, boshqa qonunlardan kelib
chiqadi. Bu hujjatlarga muvofiq, O‘zbekiston ijtimoiy
hayot, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning
xilma-xilligi asosida rivojlanadi; siyosiy partiyalar
xalqimiz turli tabaqa va guruhlarining irodasini ifoda -
lab, deputatlikka saylangan o‘z vakillari orqali davlat
hokimiyatini tuzishda va uning faoliyatini amalga
oshirishda ishtirok etadi. Chunki partiya xalqning, ijti-
moiy qatlamning bir qismi bo‘lsa, guruh va fraksiyalar
Oliy Majlis hamda siyosiy partiyaning muayyan
bo‘lagidir. Shuning uchun ham O‘zbekiston
Respublikasining Oliy Majlisi 1996-yil 26-dekabrda
«Siyosiy partiyalar to‘g‘risida» alohida qonun qabul
qilib, unda siyosiy partiyalarning O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari faoliyatiga
alohida modda ajratdi.
Qonunning 13-moddasiga muvofiq, siyosiy par-
tiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar
tomonidan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilish-
larida va o‘z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik
bilan o‘tkazish uchun tuziladi. 
6—Konstitutsiyani o‘rganish
www.ziyouz.com kutubxonasi


162
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi fraksiya va deputatlar guruhlari:
1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi,
muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish
tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fik 
r-
mulohazalar kiritadi;
2) Qonunchilik palatasida tuzilgan siyosiy partiya
fraksiyasi o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining
o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli
huquqqa ega (2007-yil 11-apreldagi Konstitutsiyaviy
qonun tahririda);
3) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qili-
nayotgan har bir masala yuzasidan muzokaralarda
fraksiya, deputatlar guruhi vakiliga kafolatlangan tarz-
da so‘z berilishi huquqidan foydalanadi;
4) Kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar
tuzish to‘g‘risidagi masalalarni qo‘yadi;
5) Qonunchilik palatasida davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga
ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan
asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtayi nazari-
ni bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;
6) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qili-
nayotgan masala yuzasidan fraksiyaning, deputatlar
guruhining fikrini Qonunchilik palatasi deputatlari
o‘rtasida tarqatadi;
7) palataning Kengashi, qo‘mitalari va komis-
siyalari ishida ishtirok etadi;
8) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan
qonun loyihalari va boshqa qarorlarning loyihalari
yuzasidan o‘z takliflarini kiritadi;
9) hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari
yuzasidan eshitish to‘g‘risida masala qo‘yadi;
10) fraksiya, deputatlar guruhining faoliyati uchun
zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda
ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi;
www.ziyouz.com kutubxonasi


163
11) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
Siyosiy partiya fraksiyasining va deputatlar gu 
-
ruhining rahbarlari Oliy Majlis Kengashining tar kibiga
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II cha -
qiriq I sessiyasida birinchi marta 2000-yil 22-yanvar-
da Oliy Majlisning deputatlar bloklari va partiya frak-
siyalari ro‘yxatga olingan edi. Partiya fraksiyalari
bir-biridan farq qiladigan o‘z faoliyat dasturlariga
ega bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
qonun chiqarish faoliyatida siyosiy murosalar asosi-
da ish olib borib, eng muhim vazifalarni bajarishga
ko‘maklashmoqdalar.
Saylovdan keyingi birinchi
majlisda Qonunchilik pala 
-
tasining deputatlari orasidan
yashirin ovoz berish orqali
deputatlar umumiy sonining
ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vako-
lat muddatiga Qonunchilik palatasi Spikeri saylanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerligiga nomzod ko‘rsatish
va saylash tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida
belgilanadi.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vazifasini bajarish
davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi
hamda siyosiy partiya fraksiyasi (bundan buyon matn -
da fraksiya deb yuritiladi) va deputatlar guruhi tar 
-
kibiga kirishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikeri Qonunchilik palatasi
qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish
orqali Qonunchilik palatasi deputatlarining uchdan
ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan
Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan
ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikeri O‘zbekiston Respub -

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish