O zR konst o. rganish 3826. qxd


Qonun chiqarish jarayonining beshinchi bosqichi



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/162
Sana08.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#434733
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   162
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish

Qonun chiqarish jarayonining beshinchi bosqichi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 93-mod-
dasi 17-bandiga binoan, qonunlarni O‘zbekiston Res -
publikasi Prezidenti imzolaydi. Senat tomonidan
ma’ qul langan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun
ichida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi den -
ti tomo nidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va
e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z
e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj 
-
lisga qaytarishga haqli. Prezidentning e’tirozlari bo‘l -
sa, u holda Prezident bu qonunni takroriy muhokama
qilish va ovozga qo‘yish uchun o‘z e’tiroz 
lari bilan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qaytarib yuboradi.
Qonunchilik Palatasi qayta ko‘rib chiqqandan so‘ng
www.ziyouz.com kutubxonasi


158
ilgari ma’qullangan qonun kabi belgilangan tartibda
Senatga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-
moddasiga muvofiq, Qonun Oliy Majlis Qonunchilik
palatasida qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qul-
lanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy
nashrda e’lon qilinadi va belgilangan muddatdan
so‘ng yuridik kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari Respub 
-
lika Prezidenti imzolaganidan keyin uzog‘i bilan bir
hafta ichida rasman e’lon qilinadi. Agar qonun hujjat-
larining o‘zida boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa,
ular rasman e’lon qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach,
butun O‘zbekiston hududida bir vaqtning o‘zida
kuchga kiradi.
Qonunlar to‘liq matnining «O‘zbekiston Oliy
Majlisi axborotnomasi», «Xalq so‘zi», «Íàðîäíîå
ñëîâî» gazetalarida chop etilishi ularning birinchi
marta rasman e’lon qilinishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. U faqat O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlis palatalari tomonidan qonunda belgilangan
tartibda qabul qilinadi va butun O‘zbekiston xalqining
erkini ifoda etadi. O‘zbekiston Respublikasining
qonuni o‘zida huquqiy qoidalarni mujassam etadi va
shuning uchun huquqiy normativ hujjat hisoblanadi.
O‘zbe kiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan
qonunlarning bajarilishi barcha davlat organlari,
jamoat birlashmalari va fuqarolar uchun majburiydir.
Davlat organlarining huquqiy-normativ hujjatlari
qonunga muvofiq bo‘lishi shart. O‘zbekiston Res 
-
publikasining qonunlari barcha davlat organlari, o‘zini
o‘zi boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va
fuqarolar faoliyatining huquqiy asosidir. U davlat
organlari chiqaradigan barcha huquqiy hujjatlardan
ustun turadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


159
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konsti 
tu -
tsiya, boshqa qonunlarda ko‘rsatilgan vakolatlarni sa -
ma rali amalga oshirish uchun qonuniy tartibda ma’lum
organlar tuzadi va ularning ishlariga rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy majlisining Qonun 
chi -
lik pala tasi to‘g‘risidagi Qo -
nun ning 23—26-modda 
la -
rida de 
putat lar birlashma 
-
lari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarini tuzish tar-
tiblari, fraksiya va de putatlar guruhlarining vakolatlari,
fraksiya va deputatlar guruhlarining faoliyatini
tugatish haqida qoidalar belgilangan.
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun 
-
chilik palatasining reglamenti to‘g‘risida»gi (2003-yil
29-av gust) Qonunda deputatlarining fraksiyalari,
guruh lari to‘g‘risida qoidalar belgilangan. Bu qonun-
ning 9-moddasida ko‘rsatilishicha, Oliy Majlisning
siyosiy partiya 
lar tashabbuskor guruhlari tomonidan
ko‘rsatilgan de 
putatlari fraksiyalar va guruhlarga bir-
lashishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda-
gi «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demok -
ratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qi 
-
lishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘ -
risida»gi konstitutsiyaviy qonun siyosiy partiyalar
fraksiyalarini yangicha talqin etdi. Mazkur qonunning
2-moddasida quyidagilar mustahkamlangan:
Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyadan ko‘rsa-
tilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun 
-
chilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar
birlashmasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun 
-
chilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy par -
tiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish