Bog'liq O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish
Qoraqalpog‘iston Respublikasining konstitutsiyaviy belgilari: o‘z konstitutsiyasiga egaligi, respublika par-
lamenti mavjudligi, respublika maqomining O‘zbe
-
kiston Res publikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Konstitutsiyasi tomonidan belgilanishi tashkil etadi.
1993-yilda Qora qalpog‘iston Respublikasining Konsti -
tutsiyasi qabul qilindi. Bu esa o‘zbeklar bilan
qoraqalpoqlarning abadiy birligi va qon-qardoshligini
to‘la tasdiqlaydi.
Boshqaruv har qanday
jamiyatning ichki ehtiyojidir.
Mehnat jarayoni va umuman
har qanday faoliyat jarayonini tashkil etish ehtiyoji
boshqaruvni keltirib chiqaradi.
Boshqaruv — ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan faoliyat
hisoblanadi. Jamiyat maxsus boshqaruv tizimisiz
mavjud bo‘la olmaydi. Jamiyat hayotidagi tartib ja -
miyat nomidan ish yurituvchi maxsus davlat
boshqaruv tizimi va mustaqil shaxs hamda jamoalar -
ning ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqaruvi tizimi asosiga