O’zbekiston Respublikasining QONUNI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI
TO‘G‘RISIDA
O’zbekiston SSRning Mustaqillik deklaratsiyasiga va O’zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to‘g‘risidagi bayonotiga asoslanib, O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi
ushbu qonunni qabul qiladi.
1-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan
birga, mustaqil, demokratik davlatdir.
2-modda.
O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat
hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari
tizimi orqali amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |