EVROPA ITTIFOQI
– 1993 yilda Evropa Hamjamiyatlari asosida yuzaga
kelgan hamda xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini o‘zida
birlashtirgan davlatlararo birlashma. 1991 yilda Maastrixtda (Niderlandiya)
Evropa Hamjamiyati a’zolari bo‘lgan 12 ta rahbarlari imzolagan Evropa Ittifoqi
to‘g‘risidagi shartnoma 1993 yil 1 noyabrda kuchga kirdi. SHartnoma milliy
fuqarolikka qo‘shimcha ravishda EI fuqaroligini ham joriy etdi. 2007 yil 1
yanvarga kelib EI ga Bolgariya va Ruminiya davlatlari 26-27 a’zo bo‘lib kirishdi.
Evropa Ittifoqi quyidagi organlardan iborat: Evropa Kengashi, Evropa
Parlamenti (Evroparlament), Evropa Ittifoqi kengashi, Evropa komissiyasi,
Evropa sudi.
Evropa Ittifoqining asosiy maqsadi Evropa xalqlarining mustahkam ittifoqini
tashkil qilish (2001 yilda Evropa Ittifoqi doirasida yagona valyuta “Evro”
muomalaga kiritildi), a’zo davlatlar bilan xavfsizlik masalalarida yagona siyosat
olib borishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |