Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR).
Buxoro Amirligida amir hokimiyati
ag’darilgach 1920 yil 2-sentyabrda Bolsheviklar andozasida tashkil etilgan Respublika. 1921 yil
sentyabr oyida BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. BXSRda keng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
islohotlar amalga oshirila boshlandi. Lekin bu islohotlar mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan
kelib chiqib emas, balki Moskva bolsheviklari andozasi va ko’rsatmasi asosida ko’r-ko’rona
amalga oshirilgani bois aksariyat hollarda teskari natijalarni berdi. BXSR 1924-25 yillarda
Turkistonda o’tkazilgan ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi munosabati bilan tugatilib
yangi tashkil etilgan O’zbekiston Sovet Respublikasi tarkibiga kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |