o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarning yanada mustahkamlanishga xizmat qilmoqda. Ikki davlat
o‘rtasida imzolangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, do‘stona munosabatlar va har
tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi shartnoma va bir qator bitimlar
ikki qardosh mamlakat o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki davlat o‘rtasida
erkin savdo tartibi yo‘lga qoyildi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘zbek qozoq, qirg‘iz qoraqalpoq, tojik, turkman
va mintaqada yashovchi xalqlar o‘rtasida qadimiy do‘stlik aloqalarini yangi sharoitda
mustahkamlashni nazarda tutib «Turkiston- umumiy uyimiz» degan g‘oyani ilgari surdi. Mintaqa
jamoatchilik vakillarini, birinchi navbatda ijodkor ziyolilar e’tiborini Turkiston tuyg‘usini–
tarixiy birlik tuyg‘usini qaytadan tiklashga qaratdi.
Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni yaqinlashtirish
maqsadida yurgan sog‘lom kuchlar bu g‘oyani qo‘llab quvatladilar. «Turkiston- umumiy
uyimiz», deb nomlangan jamoatchilik harakati tashkil topdi.
1995-yil 21-noyabr kuni Toshkentda markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida «Qardosh
xalqlar uchrashuvi» mavzusida xalqaro quriltoy bo‘lib o‘tdi. Quriltoyda «Turkiston-umumiy-
uyimiz» harakatini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlagan olamaro mashhur bo‘lgan qirg‘iz
yozuvchisi Chingiz Aytmatov ma’ruza qildi. Ma’ruzachi va so‘zga chiqqan qardosh xalqlar
vakillari mintaqada yashab o‘tgan ajdodlarimiz ruhi bilan olis istiqlolda tug‘ilajak avlodlar
bog‘liqligi, mintaqa yaxlitligi, yagona Turkiston tuyg‘usining muqaddasligi haqida so‘zladilar.
Qurultoyda «Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi» tashkil etildi. Chingiz Aytmatov
Assambleyi Prezidenti, Odil Yoqubov Assambleya vitse-prezidenti etib saylandi.
Assambleyaning qarori Toshkentda, uning bo‘limlari Bishkek va Almatida tashkil etildi.
Assambleya xalqaro konferensiya, davra suhbatlari o‘tkazmoqda. 1997- yil oktabr oyidan
boshlab 8 sahifalik «Markaziy Osiyo madaniyati» nomli gazeta o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik va
rus tillarida chiqarilmoqda. Bu tadbirlar mintaqa xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik
aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin va O‘rta Sharq hamda arab
mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga kirishdi.
1991-yil 16-19-dekabr kunlari I.Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi
mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat–Turkiyada bo‘ldi. Turkiya
Prezidenti Turg‘ut O‘zol, Bosh Vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar
bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Safar chog‘ida
Do'stlaringiz bilan baham: