“Oʻzbekiston tarixi” fanidan



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

O‘zbekiston Respublikasi 
bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik
 
va o‘zaro yordam haqida 
shartnoma 
asosida yo‘lga qo‘yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg‘iziston Prezidenti 
Askar Akayevning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992-yil 29-sen-
tabrda I.Karimov va A.Akayev tomonidan imzolangan edi. I. Karimovning 1993-yil avgustga 
Qirg‘izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston 
o‘rtasida 1994-2000-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to‘g‘risida 
Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqarilgan milliy dasturlarni muvofiq-
lashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. 
Ikki davlat o‘rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va 
turizm bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitmlar imzolangan. 
1994-yil 16-yanvarda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Qirg‘izistonda bo‘ldi. 
Rasmiy tashrif yakunida tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurish, o‘zaro 
kelishilgan kredit – hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini belgilovchi 
shartnomalarni imzoladilar. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida savdo-iqtidodiy hamkorlik, 
madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo‘yicha hamkorlikni yanada 
mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki 
tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000-yilda O‘zbekistonda 22 ta o‘zbek-qirg‘iz 
qo‘shma korxonasi, Qirg‘izistonda 62 ta qirg‘iz-o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritdi.
2000-yil iyunda Qirg‘izistonda ekstermistik kuchlar tomonidan Prezident hokimyayining 
ag‘darilishi, millatlararo qonli voqealar sharoitda O‘zbekiston Prezidenti oqilona yo‘l tutdi. 100 
mingdan ortiq qochqinlar, xotin-qizlar, bolalar, qariyalarni O‘zbekiston hududiga qabul qilindi, 
joylashtirish va barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi. Islom Karimov harakatlari natijasida 


Markaziy Osiyo qarama-qarshiliklarning keng ko‘lamli o‘chog‘iga aylanib ketishining oldi 
olindi. Jahon Hamjamiyati O‘zbekiston Prezidentining qaltis vaziyatda amalga oshirgan oqilona 
tadbirlarini to‘liq ma’qulladi. 
Tojikistonda 1992-1996-yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy 
taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan 
hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi. 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil 4-yanvar kuni 
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki 
mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma axborot imzoladilar. O‘zbekiston va To-
jikiston Bosh vazirlari sog‘liqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot 
sohalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari 
o‘rtasida yuk tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob 
to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi. O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari o‘zining yangi, 
mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o‘tdi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida tovar ayir-
boshlash hajmi 1997-yilda 50 mln AQSH dollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz 
ko‘pdir. 2000-yilda O‘zbekistonda 15 ta o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta tojik-
o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritdi. 
1991-yilda O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish