9. Qaytuvchi bog‘lam.
Bunday bog‘lam aksariyat oyoq-qo‘lning kesib
tashlangandan
(amputatsiya)
qolgan
qismi
(cho‘ltog‘i)ni bog‘lashga
ishlatiladi. Bintni mahkamlash uchun u bir necha marta aylantirib o‘raladi.
So‘ngra uni barmoqlar bilan tutib turib 90˚ li burchak ostida qayriladi, cho‘ltoq
orqali uzunasiga o‘ramlar bilan mahkamlanadi va bint bilan tamomila
bekilgunga qadar o‘rash davom ettiriladi. Bog‘lamlarning sanab o‘tilgan
turlaridan gavdaning istalgan sohasini bintlashda foydalanish mumkin.
Shuning uchun qo‘llaniladigan bog‘lamlarning ayrim turlari ustida to‘xtalib
o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |