55. Ta‘lim jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirish deganda nimani tushunasiz?
O’quv faoliyatini rag’batlantirish deb kishining aktiv faoliyatga bo’lgan tashqi mayliga
aytiladi. Shu boisdan rag’batlantirish - o’qituvchi faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Ammo
rag’batlantirish kishining faoliyatga bo’lgan ichki mayliga ta‘sir qilgandagina real maqsad sari
undaydigan kuchga aylanadi. O’qishga qiziqishni rag’batlantirish turlaridan biri - o’qishda ma‘lum
qiyinchilik sezayotgan o’quvchilarga muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratishdir. Rag’batlantirish
o’quvchi-talabaning ko’nglini ko’taradi, unga quvonch keltiradi va uni yanada yaxshiroq o’qishga
undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |