18. Malaka nima?
Malaka – ongli, xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki malaka – faoliyat
jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir.
Ko'nikma, malakalar maqsadga yo'naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi.
19. “Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas fazilatdir”. Ilmsiz inson mevasiz daraxt
kabidir degan fikr qaysi pedagog-olim ta'kidlab o'tgan?
A.Avloniy.
20. Ma'lumot deb nimaga aytiladi?.
Ma‘lumot deb – ta‘lim-tarbiya natijasida, hosil qilingan bilim, ko’nikma va malakalar,
dunyoqarashlar majmuiga aytiladi. Ta‘lim, tarbiya va ma‘lumot uyg’unlashgan yagona jarayon
bo’lib, o’qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |