Testdan o'tkazish
— ta’lim oluvchining bilim va malakalarini, psixik
rivojlanishi va ijtimoiy tajribasini aniqlash uchun savollar tizimining
qo'yilishidir.
Texnologiya
— ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim
tayyor mahsulotlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ashyoning holati,
xususiyati, shaklini o'zgartirish metodlari to'plami.
Tizim
- 1) yaxlit ta’limni, uning birligini belgilovchi bir-biri bilan
qonuniy bog'liq aksariyat unsurlar (predmetlar, hodisalar, qarashlar, bilimlar
va boshqalar); 2) qismlaming ma’lum bir bog'lanishlarda, harakatlaming
o'ta izchillikda rejali, to'g'ri joylashish tartibi.
Turtki (stimul)
— shaxs psixikasi motivlarining shakllanishini
ta’minlovchi tashqi ta’sir.
Tushuncha
— atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim
Do'stlaringiz bilan baham: |