xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish.
Faoliyat — 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki
(ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan
maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi.
Faoliyatning yetakchi turi — bola hayotining muayyan davridagi psixik
rivojlanishini yetarli darajada ta’minlovchi hamda keyingi taraqqiyotiga asos
bo‘luvchi faoliyatdir.
Fundamental — asosiy, fundamental
Xayrixohlik
— kishilarga ochiq ko‘ngilli bo‘lish, iltifotli, marhamatli
bo‘lish.
Shaxs — 1) kishilaming ijtimoiy xulqi, insonlar orasida o‘zini tutishini
aks ettiradigan ruhiy sifatlari majmuini bildiruvchi tushuncha; 2) turli-
tuman sifatlar tizimidagi kishining ruhiy, ma’naviy mohiyati; 3) ijtimoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |